OpenAI bu raqamlarni öz tahlili asosida e’lon qilgan. Unga köra, ÇatGPT’dan haftasiga 800 milliondan ortiq foydalanuvçi foydalanadi, demak, bu holat har hafta milliondan ziëd odam bilan boğliq bölişi mumkin.
Şuningdek, kompaniya yana bir muhim statistikani taqdim etgan:
- foydalanuvçilarning 0,15 foizi çatbot’ga hissiy jihatdan haddan taşqari boğlanib qolganini körsatgan;
- 0,07 foizida esa psixoz yoki maniya kabi ruhiy buziliş belgilari kuzatilgan.
OpenAI bu holatlarni jiddiy qabul qilganini va sun’iy intellekt bilan muloqot davomida xavfli signallarni aniqlaş hamda foydalanuvçini psixologik yordam manbalariga yönaltiriş tizimi ustida işlayotganini ma’lum qildi.
Eslatib ötamiz, 2025 yil avgust oyida AQŞda 16 yoşli ösmirning öz joniga qasd qilganidan söng uning ota-onasi OpenAI va kompaniya rahbari Sem Altman ustidan sudga da’vo arizasi kiritgan edi. Ular öğlining ölimida ChatGPT çatbot’i bilvosita sababçi bölganini da’vo qilgan.
Bu voqea sun’iy intellekt bilan muloqotning inson ruhiyatiga ta’siri haqidagi global bahsni yana jonlantirdi. Mutaxassislar fikriça, bunday texnologiyalar nafaqat yordam berişi, balki ayrim holatlarda insonning hissiy holatini çuqurlaştirişi ham mumkin.











