Jamiyat | 12:44 / 30.10.2025
3269
1 daqiqa o‘qiladi

Elektr to‘lovlari bo‘yicha qoidalar o‘zgarmagan - rasmiy tushuntirish

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “O‘zbekistonliklar 7 kun davomida elektr energiyasi uchun to‘lovni to‘lay olmaydi - agar qarzingiz kechiksa, bir hafta elektr energiyasiz qolasiz” mazmunidagi xabarlarni asossiz deb rad etdi. Jamiyat ma’lumotiga ko‘ra, elektr hisob-kitobida yangi tartib yoki hisobga olish tizimi joriy etilmagan.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda elektr energiyasi uchun to‘lov kechiksa bir hafta ichida ta’minot to‘xtatilishi haqida xabarlar tarqaldi. “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ rasmiy raddiyasida ushbu ma’lumotlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligi qayd etildi.

Jamiyatning ta’kidlashicha:

  • elektr to‘lovlari va hisob-kitob tartibi amaldagi me’yorlarga muvofiq davom etmoqda;
  • hozirda yangi hisobga olish tizimiga o‘tish bo‘yicha hech qanday ishlar olib borilmayapti;
  • fuqarolarga tasdiqlanmagan xabarlarga ishonmaslik, ma’lumotni faqat rasmiy manbalardan tekshirish tavsiya etildi.

Mas’ul idora fuqarolardan savollar va murojaatlar uchun jamiyatning koll-markazi va rasmiy axborot kanallariga murojaat qilishni so‘radi.

Mavzuga oid