Prezident Şavkat Mirziyoyev 29 oktabr kuni ijtimoiy suğurta tizimini takomillaştiriş yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Taqdimotda aholining kambağallikka tuşişi oldini oliş dolzarb masalalari körsatib ötildi.

Jumladan, xususiy sektorda band bölgan aholining barçasiga homiladorlik, vaqtinça mehnatga layoqatsizlik va işdan böşaş böyiça nafaqalar tölab berilmayapti. Bu holatni tölovlar köp hollarda işlab çiqariladigan mahsulot tannarxining oşişiga olib kelayotgani va raqobatbardoşlikka ta’sir körsatayotgani, iş beruvçilar nafaqalarni tölaşga ortiqça yuklanma sifatida qarayotgani sababli tadbirkorlar uçun uşbu tizim jozibador emasligi bilan izohlaş mumkin.

Qolaversa, Xalqaro mehnat taşkilotining “Ijtimoiy ta’minotning minimal normalari töğrisida”gi va “Onalikni muhofaza qiliş töğrisida”gi konvensiyalariga muvofiq, tuğiş va kasallik böyiça nafaqalar ijtimoiy suğurta mexanizmlari orqali tölanişi belgilangan.

Taqdimotda aholini ijtimoiy nafaqalar bilan qamrovini oşiriş hamda milliy ijtimoiy suğurta tizimini xalqaro hujjatlarga uyğunlaştiriş maqsadida işlab çiqilgan takliflar körildi.

Rasmiy band bölgan barça şaxslarga nafaqalar bosqiçma-bosqiç Ijtimoiy himoya jamğarmasi tomonidan tölanişi yölga qöyiladi. 2026 yildan boşlab ayollarga homiladorlik nafaqasi, 2026 yil ikkinçi yarmidan esa vaqtinça mehnatga layoqatsizlik nafaqalari tölab boriladi.

Yangi tizimning asosiy maqsadi ayollar va işçilarning ijtimoiy himoyasini kuçaytiriş bilan birga rasmiy mehnat munosabatlarini rağbatlantiriş ekani ta’kidlandi.

Prezident takliflarni ma’qullab, ijtimoiy suğurta sohasini raqamlaştiriş, tizim şaffof işlaşi, nafaqalar proaktiv ravişda tayinlanib, tölab borilişini ta’minlaş yuzasidan aniq topşiriqlar berdi.