Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazorda YPX talabiga bo‘ysunmagan Leapmotor to‘xtatildi: mashina qidiruvda ekani aniqlandi
27 oktyabr kuni soat 10:00 larda Olmazor tumani THAY ko‘chasida Leapmotor haydovchisi YPX inspektorining qonuniy talabini rad etgan. Tezkor choralar natijasida avtomashina to‘xtatilib, haydovchi hujjatsiz ekani hamda transport vositasi qidiruvda ekani ma’lum bo‘ldi.
Toshkent shahri Olmazor tumani, THAY ko‘chasida 2024 yil 27 oktyabr kuni soat 10:00 larda Leapmotor rusumli avtomashina haydovchisi YPX inspektorining qonuniy talabiga bo‘ysunmasdan harakatlanishda davom etgan. Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida transport vositasi to‘xtatilgan.
Tekshiruv jarayonida haydovchi — 1988 yilda tug‘ilgan A.I.ning tegishli hujjatlari yo‘qligi, avtomashinaning esa qidiruvda ekani aniqlangan. Haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 135-moddasi va 194-moddasiga muvofiq ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Avtomashina vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
Qo‘shimcha tartibda haydovchi bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgani ma’lum qilindi.
Mavzuga oid
06:22 / 28.02.2026
Bosh prokuratura: YPX xodimini urib ketgan o‘smir mashina olib qochgan
12:59 / 19.02.2026
Olmazor tumanidagi sobiq “Mushki Anbar” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi
10:18 / 13.02.2026
Olmazor tumaniga yangi hokim tayinlandi
18:23 / 12.02.2026