Pentagon uzoq masofali Tomahawk raketalarini Ukrainaga yetkazib berişga rozilik berdi — bu qaror AQŞdagi zaxiralar yetarli, degan bahodan keyin qabul qilingan. Endi bu masala böyiça siyosiy qarorni AQŞ prezidenti Donald Tramp qabul qilişi kerak, deb 31 oktyabr kuni CNN telekanali masalaga «yaqin» uç nafar amerikalik va yevropalik amaldorga tayanib xabar qildi.
Kanal yodga solişiça, 2025 yil oktyabrida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan tuşlikda Tramp Kiyevga «Tomagavk» bermaslikni ma’qul körişi, çunki ular AQŞ himoyasi uçun kerakligini aytgan edi. Şu bilan birga, jurnalistlar da’vo qilişiça, harbiylar öz baholarini Oq uyga oy boşida — Trampning Zelenskiy bilan uçraşuvidan oldin — yetkazgan.
CNN’ning ta’kidlaşiça, Pentagonning uşbu bahosi Yevropadagi AQŞ ittifoqçilarini ruhlantirgan — endi ularning fikriça, Vaşingtonning raketa yetkazib berişni rad etiş uçun «bahonalari kamaygan». Xabar çop etilgan paytga qadar Oq uy ham, Pentagon ham CNN’ning izoh söroviga javob bermagan.
Telekanal eslatişiça, avvalroq uning manbalari Tramp «raketalar masalasini kun tartibidan olib taşlamagani»ni aytgan va agar prezident tegişli buyruq bersa, ma’muriyat ularni Ukrainaga tezkor yetkaziş rejalarini tayyorlab qöygan.
Şu bilan birga, manbalarga köra, harbiylarda Kiyev raketalarni qanday joylaştirişi va şaxsiy tarkibni ulardan foydalanişga qanday öqitişi masalalari böyiça savollar saqlanib qolmoqda. Eng köp holatda «Tomagavk»lar suvusti yoki suvosti kemalaridan uçiriladi, ammo Ukraina dengiz kuçlari jiddiy zaiflaşgan. Şu bois, jurnalistlar yozişiça, dengiz piyoda qöşinlari va quruqlik qöşinlari tomonidan yerusti qurilmalari işlab çiqilgan va ularni Ukrainaga beriş mumkin.
24 oktyabr kuni Londonda «köngillilar koalitsiyasi» uçraşuvi doirasida ötkazilgan matbuot anjumanida NATO boş kotibi Mark Ryutte Tramp bilan Ukrainaga Tomahawk raketalarini yetkaziş masalasini muhokama qilganini, bu ğoyadan butunlay voz keçiş haqida gapirişga hali erta ekanini aytdi.
«Aniqroq aytganda, “Tomagavk”lar böyiça — prezident (Tramp) va men buni muhokama qildik. Masala prezident körib çiqişida qolmoqda, yana aytaman: bu — Qöşma Ştatlar qaror qiladigan masala», — deya Ryuttening sözlarini Reuters keltirdi. U har bir Ukraina ittifoqçisi Kiyevga qanday qurol berişi özi hal qilişini ta’kidlab, «Tomagavk»larsiz ham AQŞ Ukrainani sezilarli harbiy qöllab-quvvatlayotganini qöşimça qildi.












