Oktyabr oyida oziq-ovqat mahsulotlari +0,9 foiz, nooziq-tovarlar +0,4 foiz, aholiga körsatiladigan pulli xizmatlar +0,3 foizga oşdi. 

Inflatsiyaga eng katta ta’sir körsatgan pozitsiyalar quyidagilar böldi:

  • oziq-ovqat: pomidor (+61,0 foiz), bodring (+58,2 foiz), baqlajon (+11,3 foiz), bulğor qalampiri (+10,6 foiz), tarvuz (+7,0 foiz), qovun (+4,6 foiz), mandarin (+4,2 foiz), tovuq tuxumi (+4,1 foiz), uzum (+3,6 foiz), banan (+2,3 foiz), mol göşti (suyaksizdan taşqari) (+1,7 foiz), qöy göşti (+1,6 foiz), paxta moyi (+1,0 foiz), kungaboqar moyi (+0,7 foiz), birinçi navli buğdoy uni (+0,4 foiz).
  • nooziq-tovarlar: qimmatbaho metallardan nikoh uzuklari (+5,2 foiz), propan (+3,3 foiz), benzin (+1,5 foiz), sement (+1,2 foiz).

Qömita hisob-kitoblarida respublika böylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat körsatiş nuqtalarida qayd etilgan 195 mingga yaqin narx kuzatuvi qöllandi. Jami 420 turdagi oziq-ovqat/nooziq-ovqat mahsulotlari va 90 turdagi xizmatlar narxlari monitoring qilindi.