Ukraina dronlari 2 noyabrga ötar keçasi Krasnodar ölkasidagi Tuapse dengiz portiga hujum qildi, deb xabar berdi region operativ ştabi. Ma’lum qilinişiça, dronlardan birining parçalari neft tankeri ustiga qulagan, kemada yonğin çiqqan, ekipaj evakuatsiya qilingan. Palubaning ustqurmasi şikastlangan. Bundan taşqari, neft quyiş terminali inşootlari va infratuzilmasi şikastlangan. Tuapse okrugi rahbari Sergey Boyko şikastlanişlarni «arzimas» deb ta’rifladi.

Tuapse portida kamida uçta joyda yonğin sodir böldi, deb xabar berdi Astra telegram-kanali guvohlarning suratlari va videolariga tayanib. Naşr ma’lumotlariga köra, ikkita yonğin «RN-Morskoy terminal Tuapse» MÇJning çuqur suvli priçal kompleksida, uçinçisi – Yujniy mol hududidagi neft quyiş priçalida sodir bölgan.

Bundan taşqari, Tuapsedagi temiryöl vokzali oynalari singan, şahardan 20 kilometr uzoqlikdagi Sosnovaya posyolkasida esa Ukraina droni parçalari köp qavatli turarjoy binosiga qulagan, deb xabar berdi Krasnodar ölkasi operativ ştabi. Hujum natijasida jabrlanganlar yöq.

Rossiya mudofaa vazirligi xabar berişiça, 2 noyabrga ötar keçasi havo hujumidan mudofaa kuçlari Ukrainaning 164 ta dronini tutib olgan yoki urib tuşirgan, ularning qariyb uçdan bir qismi Kuban yoki uning yaqinida: 39 ta qurilma Qora dengiz ustida, 32 tasi bevosita Krasnodar ölkasi ustida yöq qilingan.

«Ukrainskaya pravda» naşrining Ukraina xavfsizlik xizmatidagi manbasi ta’kidlaşiça, dronlar Tuapsedagi tanker va port infratuzilmasiga zarba bergan. Naşr suhbatdoşining sözlariga köra, beşta dron urilişi natijasida tanker yonib ketgan va kamida törtta neft quyiş stenderi işdan çiqqan. Port binolariga ham zarar yetgan, deya ta’kidladi naşr suhbatdoşi.

Tuapse portida Rossiya neftining eng yirik eksportçilaridan biri bölgan «Rosneft» kompaniyasining neft terminali va neftni qayta işlaş zavodi joylaşgan.

Şuningdek, 2 noyabrga ötar keçasi Ukraina harbiylari Rossiya hududlaridagi beşta elektr podstansiyasiga dronlar bilan hujum qildi, dedi Ukraina qurolli kuçlarining uçuvçisiz tizimlar kuçlari qömondoni Robert Brovdi (laqabi «Madyar»). Ukrainaning Exelinova+ telegram-kanali ma’lumotlariga köra, energetika obektlari Kursk, Lipetsk, Oryol oblastlarida, şuningdek, Luhansk oblastining anneksiya qilingan qismidagi Alçevsk şahrida zarba ostida qolgan. Bundan taşqari, anneksiya qilingan Qrimda harbiy infratuzilma obektiga hujum qilingani aytilmoqda.

Ukraina Boş ştabi hozirça bu hujumlar yuzasidan izoh bermadi.