Bunda, isitish pechi va dudburonlar soz bo‘lishi, berkitilmasligi, yoriq-sizib chiqishlarsiz holatda tekshirilishi kerak.

Gaz uskunalarini ulash faqat me’yorga muvofiq amalga oshiriladi, rezina shlanglar orqali ulash taqiqlanadi.

Qo‘lbola/nosoz elektr va gaz isitish jihozlaridan foydalanmang — hayot uchun xavfli.

Dudburon va havo chiqarish kanallarini maxsus tashkilotlarga o‘z vaqtida tozalattiring.

Uyda ventilyatsiyani ta’minlang, isitish uskunalari ishlaganda eshik-teshiklar mutlaq yopib qo‘yilmasin.

Gaz yoki tutun hidi kelsa, yondirish qurilmalari va cho‘g‘lanuvchi asboblarni ishlatmang, xonadan chiqib, tegishli xizmatlarga xabar bering.

Bolalar va keksalar nazoratiga e’tiborni kuchaytiring, uyda SO (is gazi) detektori o‘rnatish tavsiya etiladi.

Vazirlik isitish mavsumini betalafot o‘tkazish uchun har bir xonadonda xavfsizlikni birinchi o‘ringa qo‘yish, nosozlik aniqlansa, zudlik bilan mutasaddi xizmatlarga murojaat qilishni so‘radi.