Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangi aeroport loyihasi: yer taqsimoti va rasmiylashtirishga vaqtincha cheklov qo‘yiladi
Yangi aeroport uchun mo‘ljallangan hududda mulk qiymatining asossiz oshishini oldini olish maqsadida yer uchastkalarini yangi foydalanuvchilarga taqsimlash va rasmiylashtirish, shuningdek yangi loyihalarni amalga oshirish hamda qurilish ishlari vaqtincha cheklanadi. Hudud to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, zararni qoplash mexanizmlari ishlab chiqiladi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, cheklovlar amalga oshirilayotgan yirik infratuzilma loyihasini tizimli tarzda yuritish, hududda yer va mulk bozoridagi ehtimoliy spekulyatsiyalarning oldini olishga qaratilgan. Shu munosabat bilan:
- yangi yer ajratish, mulk huquqini rasmiylashtirish, qurilish-qurilishga oid ruxsatlar berish to‘xtatib turiladi;
- hududdagi turar va noturar bino-inshootlar, shuningdek qishloq xo‘jaligi ekinlari bo‘yicha to‘liq xatlov o‘tkaziladi;
- mulkdorlar manfaatlarini hisobga olgan holda kompensatsiya miqdorini aniqlash va to‘lash tartibi belgilab olinadi.
Avvalroq davlat rahbari yangi aeroport qurilishi loyihasiga rasman start bergan edi. Yangi aeroport Toshkent viloyatining O‘rta Chirchiq va Quyi Chirchiq tumanlarida joylashgan 1 300 gektar maydonda barpo etilmoqda.
Loyihani amalga oshirish davrida aholi va biznes sub’yektlariga rasmiy kanallar orqali yangiliklarni kuzatib borish hamda hujjatlashtirish ishlari yuzasidan vakolatli idoralar bilan muloqotda bo‘lish tavsiya etiladi.