«Karib dengizi qaroqçilari» degan kinoni körgan bölsangiz kerak. Bu film osmondan olinmagan. Karib dengizi çindan juda tajovuzkor, yaqinda sodir bölgan Melissa dovuli buning isboti. Teparoqda konspirologlar yaxşi köradigan «Bermud uçburçagi» borligi Karib havzasini vahimali, qörqinçli hududdek körsatadi. Aslida unaqa emas, men imkonim bölganida jon deb Karib davlatlari böylab sayohatga borgan bölardim.
Bugun Karib havzasidagi siyosiy taranglik haqida gaplaşamiz. Bu hududdagi davlatlar juda xilma-xil. Biri SSSR paytidan buyon Rossiya bilan ittifoqçi, biri ançadan beri AQŞning 51-ştati bölişni istaydi, biri ispança, biri inglizça, biri fransuzça, biri niderlandça gaplaşadi.
Ana şu noodatiy davlatlardan biri Venesuela. Şunçalik noodatiyki, hatto Saudiya Arabistonidan nefti köp bölgan bu davlatning juda köp fuqarolari qaşşoqlikda yaşaydi. Tört yildan beri Ukraina bilan aynan neftning puli evaziga uruşayotgan Rossiyada ham Venesueladan uç baravar kam neft bor. Lekin bu davlatda jinoyatçilik darajasi juda baland, turli reytinglarda dunyodagi eng xavfli davlat deb «e’tirof etilgan».
Bu ma’lumotlarni bejizga keltirmadim, ana şu Venesuela degan ğaroyib davlat AQŞ bilan uruş yoqasiga kelib qoldi. Amerikani taniştirişning hojati yöq, şu uçun video avvalida faqat bir davlatga töxtaldik.
Qanday da’vo bilan?
Keling, avvalo men bu ehtimoliy uruş böyiça, umuman uruşlar böyiça pozitsiyamni bildirsam. Balki şunda bir-birimizni yaxşiroq tuşunarmiz. Men Amerika Qöşma Ştatlari Venesuela sohillarida qöşin töplayotgani, öz kuçini köz-köz qilib qörqinçli kemalarini Karakas yaqiniga joylaştirayotganini qoralayman. Bu xato qaror, çunki Venesuela AQŞga heç qanday xavf tuğdirayotgani yöq.Bu davlat içidagi jinoyatçilik, kartellar kuçayib ketgani, narkotik savdosi, inflatsiya, xullas barça muammolar Venesuela davlatiga tegişli. Davlatlar öz muammosini özi hal qilişi kerak, heç qanday muammo taşqi aralaşuv bilan hal qilinmasligi lozim.
Men umuman har qanday bosqinçilik uruşlarini qoralayman. Axir biz ham bu kunlardan ötganmiz, bizning muqaddas zaminimizni ham «odam qilamiz» degan da’vo bilan toptab, mustamlaka qilişgan. Ha, öşanda bizda muammolar köp edi, ilmsizlik, huquqsizlik rivojlanişni orqaga surayotgandi, lekin biz atrofdagi heç bir davlatga xavf tuğdirmayotgandik.
AQŞ «Maduro hukumati narkokartellarga qarşi yetarliça kuraşmayapti» degan iddao bilan Venesuelaga qarşi uruş boşlamoqçi. Bu uruşda heç qanday mantiq körmayapman. Trampning da’vosiga köra venesuelalik kartellar AQŞga noqonuniy yöl bilan narkotik olib kirayotgan ekan. Xöp, mister Tramp, unda sizning çegaraçilaringiz bu narkotiklarni töxtatib qolişsin, nima muammo? Venesueladan AQŞga raketa uçib kelayotgani yöq-ku.











