Global Forest Resources Assessmens ma’lumotlariga ko‘ra, eng ko‘p o‘rmonlar Rossiyada — 833 million gektar. Bu dunyodagi barcha o‘rmonlarning taxminan 20 foiziga to‘g‘ri keladi.
Ikkinchi o‘rinni Braziliya egallagan — bu yerda 486 million gektar o‘rmon mavjud. Keyin Kanada — u yerda o‘rmonlar 369 million gektar maydonni egallaydi.
Top-5likka, shuningdek, AQSh (309 million gektar) va Xitoy (227 million gektar) kirgan. Demak, birinchi besh davlat hissasiga jahon o‘rmonlarining yarmidan ko‘pi to‘g‘ri keladi.
O‘ntalikka Kongo Respublikasi, Avstraliya, Indoneziya, Hindiston va Peru ham kirgan. Yevropada esa, Rossiyadan tashqari, eng ko‘p o‘rmon Shvetsiyada — deyarli 28 million gektar. Jahon reytingida bu mamlakat 22-o‘rinni egalladi.















