Vaşington şahriga amaliy taşrifning işbilarmonlik dasturi yakunida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev AQŞning yetakçi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uçraşuv ötkazdi.

Tadbirda AQŞ savdo vaziri Hovard Latnik, prezidentning maxsus yordamçisi Rikki Gil, prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Stiven Vaden, şuningdek, Amerika – Özbekiston savdo palatasi rahbarlari, Traxys, FLSmidth, McKinsey, Meta, Google, Amazon, Boeing, Air Producs, Axiom Space, Cove Capital, Freeport-McMoRan, Orion CMC, Cargill Cotton, John Deere, Honeywell, Valmont Industries, Flowserve Corporation kabi yirik korporatsiya va kompaniyalarning yuqori darajadagi menejerlari iştirok etdi.

Uçraşuv avvalida Şavkat Mirziyoyev sönggi 8 yil içida AQŞ bilan tovar ayirboşlaş hajmi 4 barobar oşgani, Özbekistonda AQŞning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini ta’kidladi.

Prezident hamkorlikning bugungi darajasi birgalikdagi işlarga keng istiqbol oçadigan yangi bosqiçning boşlanişi ekanini alohida ta’kidladi. AQŞ prezidenti Donald Tramp bilan bölajak uçraşuvda iqtisodiy hamkorlikning aniq yönalişlari va yangi qöşma taşabbuslar muhokama qilinişi qayd etildi.

Davlat rahbari öz nutqida ikki mamlakat örtasidagi strategik şeriklikning ustuvor yönalişlarini körsatib ötdi.

2030 yilga borib Özbekistonda 18-20 gigavattlik qayta tiklanuvçi quvvatlarga ega yangi energetika tizimi yaratiladi, elektr energiyasining yarmidan köpi quyoş va şamol energiyasi hisobidan işlab çiqariladi.

Şu ma’noda, Özbekiston va AQŞ uran, mis, volfram, molibden va grafit qazib oliş hamda çuqur qayta işlaşni rivojlantiradi. Işonçli yetkazib beriş zanjirlarini yaratiş va AQŞning ilğor qayta işlaş texnologiyalarini joriy etiş rejalaştirilgan.

Bundan taşqari, avtomobil va temir yöllar, terminallar va aeroportlarni modernizatsiya qiliş böyiça keng kölamli dastur amalga oşirilmoqda. 2030 yilgaça transport infratuzilmasini rivojlantirişga 12 milliard dollardan ziyod mablağ yönaltiriş rejalaştirilgan.