Sammitda Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov iştirok etdi. Prezident Mirziyoyev “S5+1” mexanizmi 10 yil davomida mintaqaviy savdo, transport va energetika aloqalarini rivojlantirişda samarali platformaga aylanganini qayd etdi va bu galgi sammit strategik muloqotni yangi bosqiçga olib çiqişini ta’kidladi.
Davlat rahbari quyidagi taşabbuslarni ilgari surdi:
- doimiy Kotibiyatni taşkil etiş (işlaş joyi iştirokçi davlatlarda navbatma-navbat joylaştiriladi);
- davlat idoralari, kompaniyalar va moliya institutlari örtasida tizimli muloqot uçun vazirlar darajasida Investitsiyalar va savdo böyiça muvofiqlaştiruvçi kengaş tuziş;
- “Markaziy Osiyo investitsiyaviy şerikligi” jamğarmasini işga tuşiriş;
- Markaziy Osiyoni Janubiy Kavkaz va Yevropa bilan boğlaydigan yirik transport-kommunikatsiya va energetika loyihalarida AQŞ bilan hamkorlikni faollaştiriş;
- muhim minerallarni izlaş, qazib oliş va çuqur qayta işlaş hamkorligini muvofiqlaştiriş uçun Maxsus qömita tuziş, tayyor mahsulotlarni global yetkazib beriş zanjirlariga kiritiş;
- qişloq xöjaligini Amerika texnologiyalari asosida modernizatsiya qiliş maqsadida Mintaqaviy agrotexnologik innovatsiyalar şerikligini yölga qöyiş;
- gumanitar aloqalarni mustahkamlaş maqsadida AQŞning yetakçi muzeylarida Markaziy Osiyo madaniy merosiga bağişlangan qöşma körgazmalar taşkil etiş.
Prezident Şavkat Mirziyoyev navbatdagi “S5+1” sammitini Samarqand şahrida ötkazişni taklif etdi. Tadbirda boşqa davlatlar rahbarlari ham nutq sözladi. Sammit yakunida köp tomonlama hujjatlar qabul qilindi.


























