Söl liberal D66 partiyasi Niderlandiyadagi parlament saylovlarida ğalaba qilgani 7 noyabr kuni saylov komissiyasi e’lon qilgan rasmiy yakuniy natijalardan ma’lum böldi. Unga köra, D66 Gert Vildersning öta öng Erkinlik partiyasini (PVV) deyarli 30 ming ovozga ortda qoldirdi. Ilgari, 31 oktyabr — saylovlardan bir kun ötgaç — bu farq 15 ming ovoz deb xabar qilingan edi.

Şu tariqa Rob Yyetten rahbarligidagi D66 mamlakatdagi eng kuçli siyosiy kuçga aylandi va parlamentdagi 150 örindan 26 tasini qölga kiritdi. 38 yoşli Rob Yyetten Niderlandiya tarixidagi eng yoş boş vazir böldi. Biroq PVV ham xuddi 26 örin oldi — 2023 yildagi saylovlarga nisbatan 11 mandatni yöqotgan holda.

Niderlandiyada hukumat tuziş böyiça muzokaralarni, odatda, saylovda birinçi bölgan partiya yetakçisi boşlaydi. Şu bilan birga yirik partiyalarning köpçiligi Gert Vilders bilan koalitsiya tuziş ehtimolini istisno qildi.

Kutilganidek, D66 uçun hukumat koalitsiyasini şakllantiriş oson keçmaydi. Parlamentdagi köpçilik uçun kamida 150 örindan 76 tasi kerak. D66 uçun ehtimoliy hamkorlar orasida öng liberal “Erkinlik va demokratiya uçun xalq partiyasi” (VVD, 22 mandat) va xristian-demokratlar (19 mandat) bor. Ammo bu holatda ham yana kamida bir siyosiy kuçning qöllab-quvvatlaşi talab etiladi.

Dpa agentligi ma’lumotiga köra, parlamentda koalitsiya tuziş böyiça muzokaralar allaqaçon öng liberal VVD va Mehnat partiyasi hamda “Yaşillar-Söllar” (GroenLinks-PvdA)dan iborat söl ittifoq bilan boşlangan, ammo hozirça VVD “qizil-yaşil ittifoq” bilan hamkorlikdan voz keçmoqda.