Aş-Şar’aning Vaşingtonga kelişi tom ma’noda tarixiy – Suriya prezidentlaridan heç biri ilgari AQŞga rasmiy taşrif bilan bormagan.
Oxirgi marta yuqori martabali suriyalik amaldor Oq uyga 1999 yil dekabrida taşrif buyurgan. Bu Suriya taşqi işlar vaziri Faruq aş-Şar’a bölib, öşanda u Isroil bilan tinçlik muzokaralarida iştirok etgandi.
Keyingi çorak asr davomida mamlakat fuqarolar uruşi, qatağonlar va xalqaro izolyatsiya bilan Asadlar hukmronligidan tuzum qulaşigaça bölgan yölni bosib ötdi. Damaşq «Hay’at Tahrir aş-Şom» kuçlari tomonidan qölga olinib, Asad Moskvaga qoçib ketganidan söng, Suriyaning muvaqqat rahbari va «Hay’at Tahrir aş-Şom» rahbari Ahmad aş-Şar’a uzoq yillar davomida Damaşq bilan aloqani uzgan davlatlar bilan munosabatlarni tiklaşga harakat qilmoqda.
Aş-Şar’aning Vaşingtonga rasmiy taşrifi arafasida BMT Xavfsizlik kengaşi uni, şuningdek, mamlakat Içki işlar vazirligi rahbari Anas Xattobni öz sanksiyalar röyxatidan çiqarib taşladi. Şar’a 2014 yildan beri Hş (bu guruh ötmişda «Al-Qoida»ning Suriyadagi qanoti edi) a’zosi sifatida BMT sanksiyalari ostida bölgan.
«Uşbu hujjat qabul qilinişi bilan kengaş Suriya yangi davrga qadam qöyayotganini tan oluvçi kuçli siyosiy signal yuboradi», – degan ovoz berişdan keyin AQŞning BMTdagi elçisi Mayk Uols.
Reuters agentligi yozişiça, Vaşington bir neça oy davomida Xavfsizlik kengaşining 15 a’zosini aş-Şar’aga qarşi sanksiyalarni bekor qilişga undab kelgan. Tegişli rezolyutsiya işlab çiqilib, AQŞ diplomatlari tomonidan ovozga qöyilgan. Ötgan yil dekabr oyida AQŞ aş-Şar’ani hibsga olişga yordam bergani uçun 10 mln dollar miqdoridagi mukofot taklifini qaytarib olgandi.
Vaşington va birinçi navbatda prezident Donald Tramp mamlakat yetakçisiga aylangan sobiq jangarini oçiqçasiga qöllab-quvvatlamoqda (AQŞ prezidenti avvaliga Suriyada hokimiyat almaşişiga boşqaça munosabatda bölgandi).
«Yoş, kelişgan yigit, baquvvat yigit. Qat’iy xarakterli, juda qat’iy – jangçi. Unda vaziyatni nazorat ostida uşlab turiş uçun barça imkoniyatlar bor», – degandi Donald Tramp Air Force One bortida jurnalistlarga may oyida Ar-Riyodda aş-Şar’a bilan birinçi qisqa uçraşuvidan keyin.
Öşanda Oq uy rahbari Suriyadan sanksiyalarning bir qismi olib taşlanganini ma’lum qilgandi.
«Prezident Yaqin Şarqda bölganida, Suriyaga tinçlik uçun haqiqiy imkoniyat beriş uçun u sanksiyalarni bekor qiliş böyiça tarixiy qaror qabul qildi va öylaymanki, ma’muriyat (AQŞ prezidenti) ularning yangi rahbarligi ostida bu jabhada yaxşi taraqqiyotni körmoqda», – dedi Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Suriya muvaqqat prezidentining Vaşingtonga bölajak taşrifiga izoh berarkan.















