AQŞdagi munitsipal saylovlar ayniqsa Nyu Yorkda tarixiy natija bilan tugadi. Amerikaning eng katta şahri aholisi musulmon va söl demokrat Mamdaniga ovoz berdi – bu esa ayni şu şaharda tuğilib ösgan prezident Tramp uçun ikki barobar oğriqli natija. Respublikaçilar öz siyosatini qayta körib çiqmasa, kelasi yilgi saylovda Senatdagi ustunligini yöqotadi.

AQŞ – dunyodagi eng katta iqtisodiyot va harbiy qudrat, uning taşqi siyosati dunyodagi tinçlik yeki beqarorlikka jiddiy ta’sir qiladi. AQŞning içki munitsipal saylovlari esa, bu davlatdagi oliy hokimiyatning taqdiri borasidagi eng muhim signallarni bildiradi.

2026 yil noyabrida AQŞ Senati uçun oraliq saylovlar bölişi kerak. AQŞ Senati jami 100 senatordan iborat, va har ikki yilda Senatning uçdan biri yangilanib turadi. Ötgan 2024 yilda Donald Tramp hokimiyatga qaytgandan buyon, bir yil ötib, mana munitsipal saylovlar orqali amerikaliklarning uşbu ma’muriyatga munosabatini biliş imkoniyati paydo böldi. Xöş, amerikaliklar bu saylovda Trampga va uning partiyasiga qanday munosabat bildirişdi?

Bir söz bilan aytganda, bu saylovlar Tramp va uning respublikaçilar partiyasi uçun jiddiy yutqaziş böldi. Saylov natijalarini mahalliy OAV “moviy tölqin” deya ta’rifladi. Gubernatorlik saylovi ötkazilgan ikkita ştatdan biri Virjiniyada hokimiyat respublikaçilardan demokratlarga ötdi, Nyu Jyersida esa demokratlar nomzodi katta farq bilan ğalaba qozondi.

Eng katta sensatsiya – bu Nyu Yorkda böldi. Nyu York dunyodagi eng boy va qudratli davlatning eng katta va boy şahri. Nyu York tarixida birinçi marta musulmon odam mer böldi, bu Zohran Mamdani. U bor-yöği 34 yoşda, bu bilan u keyingi 100 yil içidagi şaharning eng yoş hokimi bölmoqda. Qolaversa, Mamdani nafaqat demokratik partiya vakili, balki u özini “demokrat-sotsialist” deb taniştiradi. Uni raqiblari “kommunist” deb yomonotliq qilişga urinişdi, biroq bu işlamadi. Nyu Yorkliklar aksariyati Mamdaniga ovoz berişdi va u şaharning sobiq hokimi Endryu Kuomo va respublikaçi nomzod Kyortis Sliva ustidan işonçli ğalaba qozondi.

Tramp Mamdanini obrösizlantiriş maqsadida uni “kommunist” deb ataydi, lekin Mamdanining özi “men demokrat-sotsialistman” deydi. Bu ikki tuşunçaning farqi nima? “Demokrat-sotsialist” – bu demokratiya tarafdori bölgan, uşbu partiya a’zosi bölgan, şu bilan birga, erkinlik va plyuralizmni inkor qilmasdan ijtimoiy tenglikni ta’minlaşga intiladigan qaraşdir. Biroq ijtimoiy tenglikni kuç bilan, repressiyalar va zöravonliklar bilan, tomonlarni qattiq konfrontatsiyaga çaqiriş bilan amalga oşirilsa, bunda “kommunistlarça” yeki “bolşeviklarça” tenglik usuli deyiş mumkin böladi – AQŞ şaroitida bu kursning istiqboli mavjud emas.