Antverpen yaqinida joylaşgan Doel Belgiya atom elektr stansiyasi uzra uçta dron payqaldi. Bu haqda 9 noyabr kuni keçqurun stansiya operatori hisoblangan Engie energetika kompaniyasining matbuot kotibi xabar berdi. Uning ta’kidlaşiça, hodisa elektr stansiyasi işiga ta’sir qilmagan. Voqea haqida hukumat idoralari xabardor qilingan.

Belgiyaning Belga axborot agentligi yozişiça, bundan 6 noyabr keçqurun, yaqin atrofda dronlar Bryussel aeroporti va Lej şahri yaqinidagi Birset aeroporti faoliyatiga xalal yetgan.

4 noyabr kuni Belga agentligi mahalliy aholi Belgiya şimoli-şarqida joylaşgan NATOning Klyayne-Brogel aviabazasi yaqinida kamida oltita dronni körganini xabar qildi. Şu kuni keçqurun Bryussel aeroportida dronlar haqidagi ma’lumotlar tufayli aviaqatnovlar ikki marta töxtatildi. Agentlik ma’lumotlariga köra, çeklovlar Lej şahri aeroportida ham joriy etildi.

Sönggi haftalarda Belgiyada şunga öxşaş holatlar bir neça bor qayd etilgan. Oktyabr oyi oxirida Lejdan janubdagi Marş-an-Famene harbiy bazasi ustidan dronlar ikki marta payqaldi. Mamlakat mudofaa vazirligi rahbari Teo Franken öşanda buni “Belgiya armiyasining yuragiga qarşi oçiqdan oçiq rejalaştirilgan operatsiya” deb baholab, dronlar tajribali operatorlar tomonidan işlatilganini aytgan edi.

Oktyabr boşida esa Belgiya şarqidagi Elzenborn harbiy poligoni uzra 15 ta dron payqaldi.

Noma’lum dronlar oxirgi vaqtlarda Yevropaning qator davlatlarida — jumladan, Germaniya, Daniya va Norvegiyada — harbiy obektlar va aeroportlar yaqinida tez-tez aniqlanyapti. Bu hodisalar munosabati bilan ayrim aeroportlar reyslarni vaqtinça qabul qiliş va jönatişni töxtatgan. Dronlarning aniq qaysi tomondan uçirilayotgani hanuz aniqlanmagan, ammo rasmiylar Rossiya tomonidan bölişi mumkinligidan gumonlanmoqda.

9 noyabr kuni Buyuk Britaniya Qurolli kuçlari Mudofaa ştabi boşliği, aviatsiya boş marşali Riçard Nayton London Belgiya havo hududiga dronlar kirib kelişiga qarşi kuraşda yordam beriş uçun mutaxassislar va uskunalar yuborişini ma’lum qildi.

Ötgan haftada Germaniya Mudofaa vazirligi ham Belgiyaning söroviga köra, bu mamlakatga dronlardan himoyalaniş böyiça yordam körsatayotganini bildirgan.