“Bojlarga qarşi bölgan odamlar — ahmoqlar! Hozir biz dunyodagi eng boy va hurmatli mamlakatmiz, deyarli nol inflatsiya va fond bozorida rekord körsatkiçlar bilan”, — deb ta’kidlaydi Tramp.
“Biz trillionlab dollar olyapmiz va tez orada 37 trln dollarlik ulkan qarzimizni tölaşni boşlaymiz. AQŞda rekord darajadagi investitsiyalar amalga oşirilmoqda, har yerda zavod-fabrikalar qurilyapti. Har bir fuqaroga kamida 2000 dollar miqdorida dividend tölanadi (yuqori daromadli şaxslar istisno etiladi)”, — deyiladi xabarda.
Dpa agentligi qayd etişiça, Amerika rahbari bir neça oy avval ham AQŞ fuqarolariga tölovlar ğoyasini ommaviy ravişda aytgan, ammo hozirgaça bu çorani amalga oşiriş böyiça aniq qadamlarni belgilamagan.
Şu bilan birga, agentlik yozişiça, yaqinda Zohran Mamdaniy Nyu-York meri etib saylangandan söng va butun mamlakat böylab demokratlarning boşqa işonçli ğalabalaridan keyin, Tramp tarafdorlari orasidan u doimiy saylovçilariga — prezidentlik kampaniyasi vaqtida yaşaş qiymati pasayişini va’da qilgan aholi qatlamiga yetarliça e’tibor qaratmayapti, degan da’volar yangrayapti.
Tramp öz postida “deyarli nol inflatsiya” haqida gapirgan bölsa-da, bu körsatkiç 3 foiz darajasida saqlanib turibdi, deb yozadi dpa. Şuningdek, Nyu-York va boşqa yirik şaharlarda uy-joy ijarasi yuqori bölib qolmoqda.
Sönggi paytlarda sun’iy intellektga aloqador kompaniyalarga kiritilayotgan investitsiyalar bilan boğliq fond bozorida “pufak” yuzaga kelişi mumkinligi haqida ogohlantirişlar ham eşitilmoqda. AQŞda aholining köp qismi pensiya ta’minotiga boğlangan uşbu kompaniyalar aksiyalariga egalik qiladi, deb yozadi agentlik.












