AQŞ prezidenti Donald Tramp huquqşunos Jon Koulni Belarus böyiça maxsus elçi lavozimiga nomzod sifatida ilgari surdi. U bu haqda 9 noyabr kuni Truth Social ijtimoiy tarmoğida yozib, Minskda siyosiy mahbuslarni ozod etiş borasida muzokaralar yuritgan Koulni AQŞning “eng maşhur huquqşunoslaridan biri” deb atadi.
“U avvaloq 100 nafar asirdagi şaxsni ozod qiliş böyiça muvaffaqiyatli kelişuvga erişdi va yana 50 nafarini ozod ettirişni közlayapti”, — dedi AQŞ prezidenti. Tramp oldinroq Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenkoga mahbuslarni ozod etiş masalasini körib çiqqani uçun minnatdorlik bildirdi.
11 sentabr kuni Minskka navbatdagi taşrifidan söng, Trampning maxsus vakili örinbosari Kit Kellog bilan birga Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko bilan uçraşuv ötkazgan Jon Koul iştirokida 52 nafar siyosiy mahbus — şu jumladan, 14 nafar xorijiy fuqaro ozod etildi. Ularning barçasi, siyosiy arbob Nikolay Statkeviçdan taşqari, Litvaga çiqib ketdi.
AQŞ bu qadamni qöllab-quvvatladi va Belarusning davlat aviakompaniyasi “Belavia”ga nisbatan sanksiyalarni bekor qilişini bildirib, Minskdagi Amerika elçixonasi faoliyatini qayta tiklaşga va’da berdi. 4 noyabr kuni AQŞ Moliya vazirligi “Belavia”ni sanksiyalar röyxatidan çiqardi va Lukaşenko oilasiga tegişli samolyotga oid operatsiyalarga ruxsat berdi.












