Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Putinning maxsus vakiliga nisbatan sanksiyalar kiritdi
Shuningdek, Rossiyaning yana bir necha nafar amaldorlari va beshta nashriyoti ham sanksiyalar ro‘yxatiga tushdi
Vladimir Zelenskiy Rossiyaning qator yuqori martabali amaldorlariga nisbatan sanksiyalar joriy etish to‘g‘risidagi farmonlarni imzoladi.
Hujjatlarga ko‘ra, sanksiyalar Rossiya prezidentining maxsus vakili, RFPI rahbari Kirill Dmitriyev, qishloq xo‘jaligi vaziri Oksana Lut, maorif vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Bugayev, madaniyat vaziri o‘rinbosari Andrey Malishev, ta’lim va fan vaziri Andrey Omelchuk, Ukraina bilan Istanbulda o‘tkazilgan muzokaralarda Rossiya guruhi vakili bo‘lgan general-leytenant Aleksandr Zorin hamda FXX tezkor ma’lumot va xalqaro aloqalar xizmati rahbari Aleksey Komkovga nisbatan joriy etildi.
Yana bir farmon bilan Rossiyaning beshta: "Veche", "Knijniy mir", "Izdatelskiy dom "Piter", "Tsentrpoligraf" va "Yauza" nashriyotlari sanksiyalar ro‘yxatiga kiritildi.
Mavzuga oid
21:15 / 23.06.2026
Rossiya Ukraina bilan «2022 yildagi Istanbul kelishuvlari asosida» muzokaralar olib borishga tayyor - Putin
20:55 / 23.06.2026
Ukraina Qrimni materik bilan bog‘lovchi ko‘priklardan birini vayron qildi
16:29 / 23.06.2026
Sverdlovsk oblastida quyun hodisasi kuzatildi – fotolar
10:30 / 23.06.2026