Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 noyabr kuni ekologiya sohasidagi takliflar taqdimoti bilan tanişdi.

Rasmiy relizda aytilişiça, Özbekistonda ekologiya sohasida tizimli tarqoqlik mavjud: mas’uliyat va vakolatlar turli idoralar örtasida bölinib ketgan. Natijada sohadagi işlar samarasi har doim ham kutilgan darajada bölmayapti.

Şu munosabat bilan yiğilişda sohada boşqaruvni takomillaştiriş yuzasidan işlab çiqilgan takliflar körib çiqildi.

Atrof-muhit sifatini, şaharlarda atmosfera havosini yaxşilaş, yaşil hududlarni rivojlantiriş, tabiatga mas’uliyatli munosabatni şakllantiriş va tabiiy merosni muhofaza qiliş bilan boğliq loyihalarni amalga oşiriş va moliyalaştirişni markazlaşgan holda olib boriş taklif etildi.

Ekologik nazoratni alohida yondaşuvlar asosida yölga qöyiş va mas’ul idoralarning vakolatlarini kengaytiriş rejalari haqida ma’lumot berildi. Bunda:

  • sohadagi qoidabuzarliklarga qarşi tezkor çora köriş;
  • daraxtlarning noqonuniy kesilişining oldini oliş;
  • havo ifloslanişining oldini oliş,
  • jamoatçilik iştirokini kengaytiriş;
  • sanoatda ekologik tartibga solişni takomillaştiriş,
  • aholi punktlarida yaşil hududlarning saqlanişini ta’minlaş çoralari körib çiqildi.

Rasmiy xabarda aynan qanaqa çoralar ekani haqida ma’lumot berilmagan.

Qayd etilişiça, davlat rahbari bildirilgan takliflarni ma’qullab, ularni boşqaruvda sifat va samaradorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, nazorat va mas’uliyatni kuçaytiriş nuqtayi nazaridan yanada takomillaştiriş yuzasidan topşiriqlar bergan.

Özbekiston prezidentining iqtisodiy siyosat böyiça maslahatçisi Obid Hakimov

Eslatib ötamiz, oktyabr oyi oxirida Ekologiya vazirligi Toşkentda havo sifatini yaxşilaş çoralari böyiça qaror loyihasini işlab çiqib, Vazirlar Mahkamasiga kiritganini ma’lum qilgandi