Belgiya öz diplomatik tarmoğini keng kölamli isloh qiliş doirasida Toşkentda yangi elçixona oçiş rejasini e’lon qildi. Qaror mamlakatning geosiyosiy va iqtisodiy ahamiyati tobora ortib borayotgan mintaqalardagi iştirokini kuçaytiriş strategiyasining bir qismi böldi. Bu haqda Belgiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy bayonotida aytiladi.

Belgiya TIV ma’lumotlariga köra, dunyo tartibi tez özgarmoqda: mojarolar soni köpaymoqda, davlatlar örtasida raqobat kuçaymoqda, savdo va iqtisodiy aloqalar özgarmoqda. Bunday şaroitda Belgiya özining taşqi siyosiy infratuzilmasini sönggi 12-15 yil içidagi eng yirik islohotini ötkazdi. Natijada yigirmaga yaqin diplomatik postlarni mustahkamlaş, beşta yangi vakolatxona oçiş va sakkizta amaldagi vakolatxonani yopiş töğrisida qaror qabul qilindi.

Markaziy Osiyo Belgiya tomonidan muhim rivojlaniş salohiyatiga ega strategik muhim mintaqa sifatida ajratib körsatilgan. Şu munosabat bilan Belgiya mintaqadagi iştirokini kuçaytiriş va Özbekistonda yangi elçixona oçiş niyatida.

Ta’kidlanişiça, Toşkentda elçixonaning oçilişi ikki tomonlama munosabatlarni mustahkamlaş, Belgiya va Özbekiston örtasidagi siyosiy, iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni kengaytirişga xizmat qiladi.

Taşqi siyosat idorasining qayd etişiça, Toşkent Belgiyaning Yevroosiyodagi aloqalarini kengaytiriş doirasida, şu jumladan Transkaspiy yölagining rivojlanişi va mintaqaning ösib borayotgan iqtisodiy imkoniyatlari fonida asosiy yönaliş hisoblanadi.

Rasmiylarning ta’kidlaşiça, yangi vakolatxonalarning oçilişi xarajatlarni kamaytirişga uriniş bilan boğliq emas. Kamroq ustuvorlikka ega bölgan postlarni yopişdan tejalgan mablağlar boşqa diplomatik vakolatxonalarni mustahkamlaşga va diplomatlar zaxirasini yaratişga yönaltiriladi.

Islohot 2026-2027 yillar davomida bosqiçma-bosqiç amalga oşiriladi. Belgiya Taşqi işlar vazirligining ta’kidlaşiça, yangilangan tarmoqning maqsadi mamlakat manfaatlarini yanada samarali ilgari suriş, uning siyosiy ta’sirini kuçaytiriş va xorijdagi fuqarolar va hamkorlar bilan işlaş sifatini oşirişdan iborat.