Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jismoniy shaxslar shaxsiy ehtiyoj uchun qancha miqdorda tovarni bojsiz olib kirishi mumkin?
Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoj uchun, notijorat maqsadlarda O‘zbekistonga olib kiriladigan tovarlar uchun boj to‘lamasdan olib kirish normalari transport turiga qarab 1000 AQSh dollaridan 100 AQSh dollarigacha etib belgilangan.
Foto: Kun.uz
Qonunchilikka ko‘ra, jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy ehtiyoji uchun, notijorat maqsadlarda respublikaga olib kiriladigan tovarlarning bojsiz olib kirish normalari quyidagi miqdorlarda belgilangan:
- havo transportida — 1000 AQSh dollari;
- temiryo‘l va daryo transportida — 500 AQSh dollari;
- avtomobil (piyoda) o‘tkazish punktlari orqali — 300 AQSh dollari;
- xalqaro kurerlik jo‘natmalari orqali — 200 AQSh dollari;
- xalqaro pochta jo‘natmalari orqali — 100 AQSh dollari.
Ushbu me’yorlar faqat shaxsiy ehtiyoj uchun foydalaniladigan, ya’ni tijorat maqsadlarida bo‘lmagan tovarlarga taalluqli.
Belgilangan qiymatdan ortiq miqdorda tovar olib kirilgan taqdirda, qo‘shimcha qismi amaldagi qonunchilikka muvofiq bojxona to‘lovlariga tortiladi.
Mavzuga oid
12:00 / 24.03.2026
YeI va Avstraliya bojlarning 99 foizdan ortig‘ini bekor qiladi
01:15 / 22.02.2026
Tramp global bojlarni 15 foizga oshirishini e’lon qildi
20:59 / 21.02.2026
Tramp AQSh Oliy sudida yutqazdi. Endi uning agressiv bojlari bekor qilinadimi?
12:32 / 21.02.2026