Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik ittifoqchiligini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi
15 noyabr kuni Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev o‘rtasida tor doiradagi muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Davlat tashrifi doirasidagi uchrashuv O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yangi bosqichga ko‘tarishi ta’kidlandi.
Ko‘ksaroy qarorgohida bo‘lib o‘tgan muzokaralar avvalida shu kunlarda amalga oshirilayotgan davlat tashrifi O‘zbekiston–Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlari tarixida yangi bosqichni boshlab berishi qayd etildi.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida Toshkent shahrida Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va biznes forumi, Qozog‘iston tibbiyoti kunlari, qozoq filmlari namoyishi, Ostona kunlari hamda qator madaniy tadbirlar muvaffaqiyatli o‘tkazilgani mamnuniyat bilan ta’kidlandi.
Yilning o‘tgan davri mobaynida ikki tomonlama tovar ayirboshlash hajmi 4 milliard dollarga yetdi. O‘zaro savdoni yanada oshirish va import o‘rnini bosish orqali bu ko‘rsatkichni 10 milliard dollarga yetkazish maqsad qilingan. Yuk tashish hajmi o‘sib bormoqda, ikki mamlakat shaharlari o‘rtasida haftasiga 40 dan ortiq aviaqatnov amalga oshirilmoqda.

So‘nggi yillarda 6,5 mingta qo‘shma korxona tashkil etilgani, ustuvor tarmoqlarda yirik qo‘shma loyihalar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi. Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollardan ortiq qiymatdagi loyihalar portfeli shakllantirilgan. Ushbu loyihalarni amalga oshirish maqsadida qo‘shma investitsiya platformasini ishga tushirish taklif etildi.
Muzokaralar davomida energetika, transport, kimyo sanoati, qishloq va suv xo‘jaligi, atrof-muhitni muhofaza qilish, axborot texnologiyalari va boshqa muhim sohalarda o‘zaro manfaatli sheriklikni kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.
Hududlararo hamkorlikni chuqurlashtirish muhimligi qayd etildi. Ikki mamlakat hududlari rahbarlarining birinchi Kengashini 2026 yilda Qozog‘istonda o‘tkazish to‘g‘risida kelishuvga erishildi.
Davlat rahbarlari mintaqaviy va xalqaro kun tartibidagi masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026