Eron taşqi işlar vaziri Abbos Aroqçi 16 noyabr kuni Tehron endi mamlakatdagi birorta obektda uranni boyitmasligini aytdi. Eronga taşrif buyurgan Associated Press jurnalistining savoliga javob berar ekan, u iyun oyida Isroil va Qöşma Ştatlar uranni boyitiş obektlarini bombardimon qilganidan keyin Eron hukumatining yadroviy dasturi bilan boğliq vaziyatni aytdi.

«Eron uranni yaşirinça boyitmayapti. Barça obektlarimiz Xalqaro atom energiyasi agentligi kafolati va monitoringi ostida. Hozir uranni boyitiş jarayoni sodir bölmayapti, çunki bizning obektlarimiz - boyitiş obektlarimiz hujumga uçragan», dedi u.

Eronga AQŞ va boşqa davlatlar bilan muzokaralarni davom ettirişi uçun nima kerakligi haqidagi savolga Aroqçi şunday javob qaytardi.

«Eronning boyitiş, yadroviy texnologiyalardan tinç maqsadlarda foydalaniş, şu jumladan boyitiş huquqi şubhasizdir. Bizda bu huquq bor va biz uni amalga oşirişda davom etmoqdamiz va umid qilamizki, xalqaro hamjamiyat, jumladan, Qöşma Ştatlar bizning huquqlarimizni tan oladi va bu Eronning ajralmas huquqi ekanligini tuşunadi va biz bu huquqdan heç qaçon voz keçmaymiz», dedi u.