Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari maslahat uchrashuvining to‘la huquqli a’zosiga aylandi
Ozarboyjon endi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvida faxriy mehmon emas, balki formatning to‘la huquqli a’zosi sifatida ishtirok etadi. Bu bo‘yicha yetakchilar tomonidan prinsipial qaror qabul qilingan.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvida Ozarboyjonni bu formatga to‘la huquqli a’zo sifatida qabul qilish to‘g‘risida ishtirokchi mamlakatlar yetakchilari tomonidan prinsipial qaror qabul qilinayotganini e’lon qildi.
O‘zbekiston yetakchisi bu qaror mushtarak tarix, qardoshlik rishtalari, ma’naviy va madaniy yaqinlik bilan uzviy bog‘langan xalqlarimiz manfaatlariga to‘liq javob berishini ta’kidlagan.
Shuningdek, ushbu strategik qadam maslahat uchrashuvlariga kuchli shiddat berishiga, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va madaniy-gumanitar hamkorlikni kengaytirish, barqaror taraqqiyot masalalari bo‘yicha hamjihatlikda qarorlar ishlab chiqish uchun yangi ufqlar ochishiga ishonch bildirdi.
– Mohiyatan biz Markaziy Osiyo va Janubiy Kavkaz o‘rtasida mustahkam ko‘prik barpo etmoqdamiz, hamkorlikning yagona makonini shakllantirishga yo‘l ochmoqdamiz. Bu ikki mintaqaning strategik bog‘liqligi va barqarorligini kuchaytirishi shubhasiz, – dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.

Uchrashuvdan avval Ozarbayjon prezidenti bu uning ushbu tadbirda faxriy mehmon sifatida uchinchi bor ishtirok etishi ekanini ma’lum qilgandi. «Barcha hamkasblarim, ayniqsa, O‘zbekiston prezidenti, birodarim Shavkat Mirziyoyevga taklif hamda Ozarbayjonning ushbu muhim tadbirda ishtirokini qo‘llab-quvvatlagani uchun samimiy minnatdorlik bildiraman», – degandi Aliyev.
Mavzuga oid
19:05 / 14.03.2026
Jahondagi tizimning katta davlatlarga so‘zi o‘tmaydi - Eldor Aripov
22:30 / 12.03.2026
“Isroil boshqalar qo‘li bilan urushni kengaytirmoqchi” – siyosatshunoslar
17:59 / 09.03.2026
Tehron Turkiya, Ozarboyjon va Kiprga qilingan hujumlar yuzasidan bayonot berdi
13:21 / 09.03.2026