Özbekiston elçisi Sardor Rustamboyev Hindiston madaniy aloqalar kengaşi (Indian Council for Cultural Relations – ICCR) boş direktori K. Nandini Singla bilan muzokaralar ötkazdi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.

Uçraşuv davomida tomonlar köp qirrali madaniy-gumanitar hamkorlikni, şu jumladan, ta’lim va akademik almaşinuv sohasidagi şeriklikni sifat jihatidan yangi bosqiçga olib çiqiş böyiça amaliy qadamlarni belgilab oldi.

Suhbat çoğida sönggi yillarda amalga oşirilgan muvaffaqiyatli loyihalar esga olindi. Xususan, Özbekistonning «Sabo» raqs ansambli va «Söğdiyona» milliy çolğu asboblari orkestrining Hindistondagi gastrollari mahalliy tomoşabinlar uçun katta va unutilmas madaniy voqeaga aylangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Şu bilan birga, kelgusida özaro hamkorlikni yanada kengaytiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligi ta’kidlandi.

– Biz oddiy hamkorlar emasmiz, balki umumiy ma’naviy ildizlar bilan boğlangan xalqlarmiz. Madaniyat har doim özaro munosabatlarimizga çuqur oziqlantiruvçi muhit bağişlab kelgan, – deya ta’kidladi elçi Sardor Rustamboyev.

Özbekiston tomoni qator amaliy takliflarni ilgari surdi. Jumladan:

  • taniqli özbek raqs jamoalari va an’anaviy qöşiq ijroçilarining Hindistonda gastrollarini taşkil etiş;
  • Hindiston şaharlaridagi galereya va körgazma maydonçalarida özbek rassomlari va hunarmandlarining körgazmalarini uyuştiriş;
  • özbek va hind tillarini özaro örganiş yönalişida qöşma loyihalarni faollaştiriş.

Alohida tartibda özbek talabalari uçun Hindiston oliy ta’lim muassasalarida ajratilayotgan kvotalar sonini oşiriş va mutaxassisliklar röyxatini kengaytiriş masalasi körib çiqildi. Bu taşabbus xalqlarimiz örtasidagi an’anaviy döstlik va işonçni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişi urğulandi.

ICCR boş direktori K. Nandini Singla ikki tomonlama madaniy hamda ilmiy-akademik aloqalarning jadal rivojlanayotganini yuqori baholadi. U uşbu yönalişdagi hamkorlikni yanada çuqurlaştirişdan manfaatdor ekanini bildirib, yangi qöşma loyihalarni amalga oşirişga tayyorligini izhor etdi.

Tomonlar Özbekiston va Hindiston örtasida madaniy va akademik almaşinuvlar böyiça sa’y-harakatlarning yangi bosqiçiga ötiş yuzasidan kelişib oldi. Uzoq muddatli va samarali hamkorlikni ta’minlaş maqsadida qöşma madaniy-gumanitar tadbirlar rejasini işlab çiqiş imkoniyati muhokama etildi.