Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.

1 yanvardan «Biznesni 15 daqiqada boşlaş» tizimi işga tuşadi

2026 yil 1 yanvardan e’tiboran «Biznesni 15 daqiqada boşlaş» tamoyili joriy etilib, öz biznesini röyxatdan ötkazayotgan tadbirkorlarga şu vaqtning özida elektron raqamli imzo kalitini beriş, bank hisobvaraqlarini oçiş, köçmas mulk ijara şartnomasini rasmiylaştiriş, qöşilgan qiymat soliği (QQS) tölovçisi guvohnomasini oliş, onlayn nazorat-kassa maşinalarini masofadan turib sotib oliş va ularni soliq organlarida onlayn tarzda röyxatdan ötkaziş va boşqa xizmatlar taqdim qilinadi.

Bu xizmatlardan foydalaniş tadbirkor uçun ixtiyoriy böladi. Tanlangan xizmatlar böyiça yagona QR kod orqali tölovni amalga oşiriş imkoniyati yaratiladi.

«Şovot–Toşhovuz» çegaraoldi savdo zonasi işga tuşirildi

Prezident Şavkat Mirziyoyev va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov oliy darajadagi muzokaralardan söng «Şovot–Toşhovuz» qöşma çegaraoldi savdo zonasini oçiş marosimida iştirok etdi. Yangi savdo hududi Xorazm va Toşhovuz viloyatlari örtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda.

Mazkur hududda direksiya, bojxona, karantin, fitosanitariya va veterinariya xizmatlarining ma’muriy binolari, savdo paviloni va omborlar joylaşgan.

Zonada «yagona darça» tamoyili asosida davlat xizmatlari körsatiladi. Şuningdek, interfaol tizimlar, bank, tibbiyot va mehmonxona xizmatlari uçun zarur infratuzilma, katta avtoturargoh ham taşkil etilgan.

Yakka tartibdagi tadbirkorlarga firma nomiga ega bölişga ruxsat beriladi

Prezident farmoni bilan, Özbekistonda biznes yuritişni soddalaştiriş çoralari belgilandi.