Soliq qömitasi 2025 yil yanvar-sentabr oylarida xizmat körsatiş sohasida eng köp soliq tölagan Top-20 korxona röyxatini e’lon qildi.
Qayd etilişiça, 2025 yilning 9 oyida 161 351 ta yuridik şaxs tomonidan 30,1 trln sömdan ortiq soliq tölangan. Şundan 5,3 trln sömdan ortiği, ya’ni 17,8 foizi 20 ta korxona hisobiga töğri keladi. Ularning jami tovar aylanmasi 65,2 trln sömni, foydalangan soliq imtiyozlari miqdori esa 5,7 trln sömni taşkil etgan.
Soliq tuşumlari miqdori böyiça «Asia Trans Gas» yetakçilik qildi. Hisobot davrida kompaniya tomonidan 1,05 trln sömdan köproq soliq tölangan. Keyingi örinlarni «Özbektelekom» (848 mlrd söm) va «Uzbekistan Airways» (633 mlrd söm) egallagan. Şuningdek, kuçli beşlikdan «Özbekiston temiryöllari» (492 söm) va «Unitel» (292 mlrd söm) örin olgan.

Iqtisodçi Otabek Bakirovning e’tibor qaratişiça, 2025 yilning 9 oyida ötgan yilning mos davriga nisbatan uyali aloqa kompaniyalarining tölagan soliqlari quyidagiça özgargan:

Ma’lumot uçun, 2025 yil 1 yanvardan mobil aloqa xizmatlari aksiz soliğidan ozod etilgandi. Soliqlarning qisqarişi uşbu holat bilan ham boğliq bölişi mumkin.
















