Shariat tamoyillari asosida tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash

Ajratilayotgan mablag‘lar mikro, kichik va o‘rta biznes sub’yektlarini, shuningdek, o‘z faoliyatini shariat normalariga muvofiq rivojlantirishni xohlovchi tadbirkorlarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Ushbu yangi resurs tadbirkorlarga halol, aniq va shaffof moliyaviy vositalardan foydalanish imkonini yaratib, ularning barqaror o‘sish salohiyatini kengaytiradi.

Islomiy moliyalashtirish — biznes uchun shaffof yondashuv

Islomiy moliyalashtirish — bu shariat qoidalariga asoslangan moliyaviy xizmatlar tizimi bo‘lib, eng avvalo, foiz olish va foiz to‘lashni taqiqlaydi, shuningdek, spekulyativ operatsiyalarni ham cheklaydi. An’anaviy kreditlash tizimidan farqli o‘laroq, bu yerda moliyalashtirish real savdo-sotiq va aktivlar oldi-sotdisiga asoslanadi.

Ushbu tizimdagi asosiy vositalardan biri — Murabaha (halol bo‘lib-bo‘lib to‘lash). Bunda moliyaviy tashkilot tovar, uskunalar yoki xomashyoni o‘zi xarid qiladi va mijozga oldindan kelishilgan narx ustamasi bilan bo‘lib-bo‘lib sotadi. Mijoz operatsiya boshidayoq to‘liq summani biladi: foizsiz va yashirin to‘lovlarsiz.

Moliyalashtirish faqat real aktivlar bilan ta’minlanishi mumkin — uskuna, texnika, xomashyo yoki ishlab chiqarish bilan bog‘liq aylanma mablag‘lar. “Pulning o‘zini sotish” yoki qayta sotish shaklidagi operatsiyalar shariatda ruxsat etilmaydi.

Islomiy moliyalashtirish aniq, halol va barqaror rivojlanishga xizmat qiluvchi alternativani taklif etadi.

Islomiy moliyalashtirishning afzalliklari:

  • Foizlarsiz — barcha shartlar oldindan ma’lum.
  • Shaffof oldi-sotdi modeli — kreditlash emas, savdo bitimi.
  • Real aktivlarga asoslanganlik — xatarlarning kamayishi.
  • Yashirin komissiyalar yo‘q, shartlar o‘zgarmaydi.
  • Shariatga muvofiqlik — har bir bitim maxsus tekshiruvdan o‘tadi.
  • Halollik va ishonch — operatsiyalar islom huquqi talablariga mos.

EEFU haqida

O‘zbekiston Iqtisodiy imkoniyatlarni kengaytirish jamg‘armasi (EEFU) quyidagi xalqaro tashkilotlar ko‘magida tashkil etilgan: