Özbekistonda jamoatçilikning daraxtlar kesilişiga qarşi kuraşdagi vakolati kengayadi. Bu – 18 noyabr kuni imzolangan prezident qarorida belgilangan.
Qarorga köra, 2026 yil 1 apreldan boşlab, örmon fondiga kirmaydigan daraxt bilan qoplangan aholi punktlarining (şaharlar, posyolkalar va qişloq aholi punktlari) yer maydonlarini olib qöyiş va boşqa maqsadlar uçun ajratişga jamoatçilik tomonidan taqiq qöyiş böyiça taşabbus kiritiş imkoni yaratiladi.
Bunda:
- fuqaro davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali murojaat qiladi;
- daraxt bilan qoplangan yer maydoni joylaşgan mahalla aholisining 10 foizidan kam bölmagan qismi taqiq qöyişga rozilik bildirgan taqdirda, uşbu maydonni olib qöyiş va boşqa maqsadlar uçun ajratişga Ekologiya qömitasi tomonidan taqiq qöyiladi;
- Kadastr agentligi tegişli yer maydoni xususiy mulk hisoblanmasligi yoki boşqa yer toifasiga kirmasligini örganib, ijobiy hollarda Ekologiya qömitasi tomonidan uşbu maydonga qöyilgan taqiqni röyxatdan ötkazadi.
Şuningdek, fuqarolarga “Soliq” mobil ilovasi orqali jismoniy şaxslarga QR-kodli xarid çeklari va respublika hududlari böylab içki sayohatlar uçun beriladigan keşbekni ixtiyoriy ravişda daraxt köçatlarini ekişga yönaltiriş imkoniyati yaratiladi.
Yuridik şaxslar esa Ekologiya qömitasi huzuridagi Yaşil xayriya jamğarmasiga ixtiyoriy xayriya mablağlarini ötkazganda hamda yaşil boğlarni barpo qiliş va ularni parvarişlaş uçun xarajat qilganda, bu xarajatlari foyda soliğidan ozod qilinadi. Tegişli qonun loyihasi bir oy muddatda tayyor bölişi kerak.
Qaror bilan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi va viloyatlar hokimliklariga 2026 yil 1 noyabrgaça 2 tadan mahalliy ahamiyatga ega tabiat boğlarini taşkil etiş vazifasi yuklatildi.
Endi hatto Vazirlar Mahkamasi ham daraxt kesiş va köçirişga ruxsat bera olmaydi













