Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farrux Po‘latov Soliq qo‘mitasi raisi etib tayinlandi
Farrux Jahongirovich Po‘latov Soliq qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etildi. Bu haqda prezident farmoni e’lon qilindi.
O‘z navbatida, shu paytgacha Soliq qo‘mitasini boshqarib kelgan Sherzod Qudbiyev yangi tashkil etilgan Urbanizatsiya qo‘mitasiga rais etib tayinlandi.
Farrux Po‘latov 1979 yilda Farg‘ona viloyatida tug‘ilgan. 2001 yildan Farg‘ona va Namangan viloyatlari prokuratura organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. Xususan, Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti Farg‘ona viloyati boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.
2018 yil iyul oyida “O‘zdonmahsulot” AJ raisi etib tayinlangan. 2022 yil mart oyida Kadastr agentligi direktori lavozimini egallagan va shundan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid
15:40 / 24.06.2026
Soliq qo‘mitasi bank sirlariga keng miqyosda kirish imkoniyatini olmoqchi
17:43 / 23.06.2026
Toshkentning 4 ta tumanida soliq inspeksiyalari rahbarlari o‘zgardi
17:31 / 09.06.2026
6 nafar mashhur bloger 3,1 mlrd so‘m soliq to‘lamagani aniqlandi
19:50 / 23.04.2026