Polşa hukumatining ma’lum qilişiça, keng kölamli operatsiya doirasida aeroportlar va aloqa tarmoqlari kabi muhim infratuzilma obektlarini himoya qiliş uçun 10 minggaça harbiy xizmatçi jalb etiladi. Bu haqda çorşanba, 19 noyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri Vladislav Kosinyak-Kamiş va içki işlar vaziri Marsin Kervinskiy ma’lum qildi, deya xabar beradi PAP Polşa agentligi.

Bundan avvalroq Polşa Varşava — Lyublin temiryöl yönalişidagi diversiyada Rossiyani ayblagan edi.

«Gorizont» kod nomi berilgan operatsiya 21 noyabr kuni boşlanadi va butun mamlakat hududida amalga oşiriladi.

Marsin Kervinskiyning tuşuntirişiça, harbiylar politsiya, temiryöl qöriqlaş xizmati va barça davlat tuzilmalari bilan hamkorlikda diversiyalarga qarşi kuraş harakatlarini muvofiqlaştiradi. Uning sözlariga köra, Polşa «fuqarolari xavfsizligini himoya qiliş» uçun «barça resurslardan foydalanmoqda».

«Bugun köplab ekspertlar şunday deyişmoqdaki, biz uruş deb ham, tinçlik deb ham atalmaydigan davrda yaşayapmiz. Bunday tahdidlar, gibrid xavflar va raqibimiz jamiyat tuzilişiga körsatişga urinayotgan ta’sir şaroitida biz barça davlat xizmatlarining sa’y-harakatlarini birlaştirişimiz lozim», — dedi Polşa içki işlar vaziri.

Öz navbatida, Polşa Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği, general Veslav Kukula ta’kidlaşiça, operatsiya doirasida asosiy e’tibor diversiyalar uçun eng zaif bölgan obektlarni aniqlaşga qaratilgan böladi.

Keng kölamli operatsiya haqidagi e’lon 16 noyabr kuni Mazovetsk voyevodaligida, Varşava yaqinidagi temiryöl uçastkasida portlaş sodir bölganidan keyin qilindi. Poyezd maşinisti Ukraina bilan çegaradagi «Doroxusk» nazorat-ötkaziş punktiga olib boruvçi temiryöl izlarida şikastlanişni payqab qolgan. Harakat töxtatilgan, oqibatda heç kim jabrlanmagan.

Polşa boş vaziri Donald Tusk şunday dedi: «Aniqlangan şaxslar — Rossiya maxsus xizmatlari bilan uzoq vaqt davomida hamkorlik qilgan ikki nafar Ukraina fuqarosi. Bu — bizning maxsus xizmatlarimiz va prokuraturamiz xulosasi, şuningdek ittifoqçi maxsus xizmatlar bilan hamkorlik natijasidir».

Taxmin qilinişiça, mazkur diversiya katta avariyalarga olib kelişi mumkin edi, ammo ularning oldi olindi. Şikastlangan temiryöl liniyasidan, jumladan, Ukrainaga yuklar yetkazib beriş uçun ham foydalaniladi.