Dam oliş kunlari Özbekiston hududi böyiça quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi, deya xabar berdi Özgidromet.
Harorat keçasi 0…+5 daraja, şimolda ba’zi joylarda –2 darajagaça, kunduzi +13…+18 daraja atrofida böladi. Bu me’yoriy (örtaça köp yillik) qiymatlardan 2–4 darajaga yuqori.
Ba’zi joylarga tuman tuşişi mumkin. Şamol şarqdan örtaça esib turadi.
Toşkent şahrida yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat keçasi +4…+6 daraja, kunduzi +15…+18 daraja atrofida böladi. Şamol şarqdan 3–8 metr/soniya tezlikda esadi.












