Tadbir davomida "Rh." MChJ rahbari A.S. fuqaro R.M. bilan o‘zaro til biriktirib, tegishli hujjatlari bo‘lmagan 95 000 dona tibbiy qo‘lqoplarni fuqaroga 180 mln so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq Buxoroda 35 ming dollarga simob sotgan shaxslar ushlangani haqida xabar qilingandi.











