Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning 10 oyi davomida tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 11,8 mlrd dollarga yoki 21,5 foizga oshgan.
Tashqi savdo tarkibida: eksport – 29 mlrd AQSh dollari (o‘sish – 27,8 foiz), import – 37,5 mlrd AQSh dollari (o‘sish – 16,9 foiz)ni tashkil etdi.
O‘zbekiston tashqi savdo hamkor davlatlari soni 210 taga yetgan. Tashqi savdo aylanmasining yuqori ulushi quyidagi davlatlar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda:
- Xitoy – 19,7 foiz;
- Rossiya – 15,9 foiz;
- Qozog‘iston – 5,9 foiz;
- Turkiya – 3,7 foiz;
- Koreya Respublikasi – 2,2 foiz.
Ko‘rsatkichlardan ko‘rinib turibdiki, Xitoy va Rossiya O‘zbekistonning asosiy tashqi savdo sheriklari sifatida o‘z pozitsiyasini saqlab qolmoqda, shu bilan birga, tashqi savdo geografiyasi 210 ta mamlakatni o‘z ichiga olgan holda kengayib bormoqda.














