InfinBANK öz AI-yeçimlarini qanday yaratyapti: data-markazdan golografik assistentgaça
|17:00 / 25.11.20252 61812 min
Yaqinda Özbekiston Prezidenti hukumat yiğilişida boşqalarning tajribasini şunçaki köçirib olmaslik, balki sun’iy intellektni mahalliy miqyosda rivojlantiriş kerakligini ta’kidladi. Kun.uz bank sohasi bu borada qanday iş olib borayotganiga qiziqdi. Ma’lum bölişiça, ayrim banklar bu yönalişda allaqaçon harakatni boşlagan va ilk natijalar bilan bölişişga tayyor.
InfinBANK jamoasi vakillari Server Abduraimov va Aziz Siyayev bizga taşqi platformalarga tayanmasdan özlarining SI-yeçimlarini: öz data-markazi va mijozlarni baholaş tizimidan to Telegram-botgaça va hatto bank bölimlaridagi golografik assistentgaça qanday yaratişgani haqida sözlab berişdi.
Nima özgardi
Mijozlarni baholaş modeli yangilanganidan söng prognozlar aniqligi 10% ga oşdi, şu bilan birga, arizalarni qayta işlaş tezligi ham oşdi — tizim ma’lumotlarni yaxşiroq tahlil qiladi va qaror qabul qiladi. Bu mijozlar öz savollariga tezroq javob olişi, bank esa samaraliroq işlaşini anglatadi.
Ma’lumotlarni qayta işlaş markazi giperkonvergent platforma asosida qurilgan bölib, mustaqillik va keng miqyoslilik imkonini beradi: barça tarmoq va kanallar zaxiralangan, tizim yuklama oşganda ham töxtovsiz işlay oladi. Telegram-bot va virtual assistent foydalanuvçilarga özbek va rus tillarida 24/7 rejimida xizmat körsatib, operatorlarga tuşadigan yuklamani kamaytiradi. Bölimlarda esa golografik avatar mijozlarga yöl-yöriq körsatadi va bank xizmatlari haqida ma’lumot beradi.
Nega hammasini özimiz qurdik
Oddiy banklarda mijozlarni baholaş taşqi servislar orqali amalga oşiriladi, asosiy tizimlar eskirgan platformalarda işlaydi, çat-botlar esa taşqi yeçimlardan foydalanadi. Bunday yondaşuvlarda uçta muammo mavjud:
Ma’lumotlar taşqariga çiqib ketadi. Mijozlar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni taşqi provayderlarga uzatiş xavfsizlik va qonunçilik uçun xavfli holatlarni keltirib çiqaradi.
Texnologiya ustidan nazorat bölmaydi. Model - qora quti, uni mahalliy kontekstga moslaştiriş qiyin. Platforma kutilmaganda narxni oşiradigan bölsa, vaziyat asiriga aylanib qolasiz..
Mavzuga oid
Masştablaş qiyin. Özbekistondagi ijaraga olingan ma’lumotlarni qayta işlaş markazlari çeklangan: keçikişlar yuqori, yangi quvvatlarni sotib olişga bir neça oy ketadi.
Biz öz bank tizimimizni yangitdan “yiğiş”: data-markaz quriş, öz baholaş tizimimizni işlab çiqiş, mikroservisli arxitektura va çat-botni noldan yozişga qaror qildik. Boşida bu qimmat va qiyin böldi, ammo ma’lumotlar, arxitektura va mahsulot ustidan töliq nazorat berdi.
Nega ijara emas, öz data-markazimiz
Bank öz data-markazini yaratişga ekspertizaga ega ixtisoslaşgan kompaniyalarni jalb etdi. Loyihalaş, montaj va işga tuşiriş işonçlilik va energosamaradorlik böyiça xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlagan texnik hamkorlar va yeçimlar vendorlari iştirokida amalga oşirildi.
Birinçi savol: quvvatlarni ijaraga oliş mumkin bölsa, data-markaz qurişning nima keragi bor?
Birinçidan, bu mustaqillik. Bank hisoblaş resurslarini özi boşqaradi va pudratçiga qaram bölmaydi. Ikkinçidan, mijozlarning şaxsiy ma’lumotlarini saqlaş talabi. Uçinçidan, ekspertiza masalasi: bank bilimlar jamoa içida qolişiga harakat qiladi.
Ha, boşlanişida data-markaz qurilişi sezilarli investitsiyalarni talab qiladi. Lekin uzoq muddatli istiqbolda ijara qimmatroqqa tuşadi, xususiy infratuzilma esa bank aktivida qoladi.
Data-markaz qanday tuzilgan?
Biz data-markazga “serverlar xonasi” emas, balki barça bank xizmatlari barqarorligini ta’minlovçi muhandislik platformasi sifatida yondaşdik.
Giperkonvergensiya. Hisoblaş resurslari, ma’lumotlarni saqlaş va virtualizatsiya yagona boşqaruv tizimiga birlaştirilgan. Bu masştablaşni soddalaştiradi — yangi boğlamlar töxtab qolişlarsiz qöşiladi. Butun infratuzilmani yagona mexanizm singari bitta interfeys orqali boşqariş mumkin.
Xatolarga çidamlilik: barça boğlamlar zaxiralangan, agar bittasi işdan çiqsa, tizim yuklamani avtomatik ravişda boşqalariga ötkazadi. Elektr ta’minoti va sovitiş tizimi zaxira bilan işlaydi – har ehtimolga qarşi zaxira konturlar mavjud. Harorat, namlik va energiya iste’moli töxtovsiz monitoring qilinadi.
Ma’lumotlarni saqlaş: ma’lumotlar hisoblaş va saqlaş resurslari birlaşgan saqlaş tizimiga joylanadi, Serverlar soni oşişi bilan umumiy samaradorlik va barqarorlik oşib boradi. Tizim ma’lumotlardan avtomatik ravişda nusxa oladi va yuklamalarni serverlar örtasida taqsimlaydi. Asosiy xizmatlar va ma’lumotlar bazasi bank maydonçalari örtasida nusxalanadi – nusxalaş maydonçalardan biri işdan çiqqanda ham ma’lumotlardan foydalaniş imkonini beradi.
Barça körsatkiçlar yagona panelda aks etadi. Ular asosida yuklamalar prognozi va reaksiyalar ssenariysi tuziladi – tizim nafaqat uzilişlarga doş beradi, balki uzilişlarning oldini ham oladi.
Mijozlar arizalari qanday qayta işlanadi?
Biz arizalarni qayta işlaş tizimini qaytadan yozganimizda nafaqat jarayonni tezlaştiriş, balki har bir bosqiçda xavfsizlikni ta’minlaş ham muhim edi.
Mijoz arizani qanday jönatadi? Mijoz mobil ilova, internet-bank, bankomat, POS-terminal yoki hamkor API orqali ariza yuborişi mumkin. Barça sörovlar trafik qabul hududiga tuşadi, bu yerda ma’lumotlar şifrlanadi, taqsimlovçilar esa yuklamalarni serverlar orasida taqsimlaydi va har bir sörovni tekşirib çiqadi.
Bank içida qayta işlaş. Trafik bank servislari: avtomatlaşgan bank tizimi, CRM, arizalarni qayta işlaş tizimi işlaydigan virtual muhitga yönaltiriladi. Yangilaniş yoki xatolar bir-biriga xalaqit bermasligi uçun har bir servis alohida klasterga joylaştirilgan.
Mikroservislar zanjiri. Tizimni şunday ta’riflaş mumkin:
Qabul servisi arizani qabul qiladi va tekşiradi.
Verifikatsiya servisi taşqi manbalardan zarur ma’lumotlarni söraydi.
Baholaş servisi tahlil uçun ML-modellarni işga soladi.
Hisoblaş servisi xizmat parametrlarini aniqlaydi.
Hujjatlar servisi zarur hujjatlarni şakllantiradi va ularni OTP orqali tasdiqlaydi.
Ijro servisi operatsiyani yakunlaydi.
Mikroservislar örtasida ma’lumot almaşiş uçun xabarlar brokerlaridan foydalaniladi, bu işonçli kommunikatsiyani ta’minlaydi.
Nosozliklardan himoya. Taşqi tizimlarda nosozlik yuz berganda, himoya mexanizmi işga tuşadi: servis vaqtinça işlamayotgan provayderga murojaatlarni töxtatadi va butun tizim töxtab qolmasligi uçun sörovlarni navbatga qöyadi. Bu mexanizm “circuit breaker pattern” tamoyili asosida yölga qöyilgan bölib, nosozlikni lokallaştiriş va taalluqli xizmatlarga yuklama tuşmasligi imkonini beradi. Har bir bosqiçda real vaqtda ma’lumot oqimlarini tahlil qiladigan hamda anomaliyalar va yuklanişlarni aniqlaşga yordam beradigan monitoring tizimi işlaydi.
Mijozlarni baholaş tizimi qanday işlaydi?
Biz kredit tarixi va muqobil ma’lumotlar: tranzaksiyalar, tuşumlar, balans dinamikasi, anketa ma’lumotlari asosida baholaymiz.
Tuşunarlilik tamoyili. Biz uçun asosiy tamoyil — qarorlarning şaffofligi. “Qora quti”lar örniga logistik regressiya kabi modellardan foydalanamiz. Ular nafaqat prognoz qiliş. balki har bir belgining yakuniy qarorga qöşgan hissasini izohlaş imkonini beradi.
Muntazam sikl. Bizda model sikli heç qaçon töxtamaydi. Biz belgilar taqsimoti va sifat körsatkiçlarini doimiy tahlil qilamiz. Agar qandaydir xarakteristika, masalan, iste’mol odatlari yoki iqtisodiy vaziyat özgargani uçun foydali bölmay qolsa — u modeldan çiqariladi, örniga yangi omillar qöşiladi.
Nimalarni kuzatamiz? Biz biznes-metrikalarni: prognozlarning aniqligi, ötkazuvçanlik qobiliyati, turli vaqt intervallarini monitoring qilamiz. Şuningdek, texnik metrikalar: mijozlarni ajratiş sifati körsatkiçlari, xatolar uluşi, ma’lumotlar taqsimotining barqarorligini kuzatib boramiz.
Model qanday yangilanadi? Mahsuldorlikpasayganidamodel qayta öqitiladi. Jarayon quyidagiça keçadi:
Yangi versiya dastlab arizalarni qayta işlab, lekin ularga nisbatan qaror çiqarmasdan fon rejimida işlaydi.
Söngra unga arizalarning kiçik qismi ötkaziladi — bu A/B-testi
Biz iş sifati körsatkiçlarini taqqoslaymiz.
Agar hammasi joyida bölsa, model işlab çiqarişga ötkaziladi. Agar yöq bölsa – mukammalroq işlab çiqişga qaytariladi.
Bunday yondaşuv arizalarni qayta işlaş tezligi va qabul qilinadigan qarorlarning sifati örtasidagi muvozanatni ta’minlaydi.
Yangi omillar aniqlikni 10%ga oşirdi
Yangilanişlardan birida biz avvalgi model mijozlarni tahlil qilişda yomonroq işlayotganini aniqladik. Mijozlar özgargan, ularning xatti-harakatlari boşqaça bölgan, ammo model ularni eski mezonlar asosida baholaşda davom etgan.
Biz omillarni qayta körib çiqdik: eskirganlarini çiqarib taşladik va mijozlarning hozirgi faoliyati bilan boğliq yangi omillarni qöşdik. Natija: prognozlarning aniqligi 10%ga oşdi, tizimning ötkazuvçanligi esa kengaydi.
Boşqaça aytganda, yangi model mijozlarni va ularning ehtiyojlarini yaxşiroq tuşunadi. Bu köproq arizalarni yuqori sifatda qayta işlaş imkonini beradi — natijada mijozlar ham, bank ham yutadi.
AI-assistentlar
Biz baholaş tizimlarida generativ sun’iy intellektdan foydalanmaymiz, çunki muhim qarorlarni “qora quti”ga işonişni xohlamaymiz. Lekin undan muloqotning tabiiyligi muhim bölgan servislarda foydalanamiz.
Bölimdagi golografik yordamçi. Bizning AI-avatar — bu sizni bölimda kutib oluvçi golografik virtual xodim. U kompyuter köriş modellari orqali mijozni “köradi”, eşitadi va tuşunadi hamda tabiiy ovozda gapiradi.
Javob maxsus arxitektura orqali şakllantiriladi: tizim dastlab mijozning savolini qayta işlaydi, söng içki bilim bazasidan ma’lumot qidiradi va şundan keyingina matnni yaratadi. Matn yaratiş uçun biz Gemma va Llama kabi oçiq modellardan foydalanamiz va ularni öz vazifalarimizga moslab qöşimça öqitamiz. Javob berişdan oldin uni gallyutsinatsiya yöqligi böyiça tekşiramiz, şundan keyin nutq va animatsiyani sintez qilamiz.
Telegram-bot. Telegram-botimiz ortida ham ana şunday «miya» turadi: u 24/7 rejimida işlaydi, özbek va rus tillarini qöllab-quvvatlaydi hamda xizmatni tanlaşga yordam beradi yoki mijoz savoliga javob qaytaradi.
Murojaatlar tahlili. Muloqotdan taşqari, murojaatlarni ham tahlil qilamiz. Mijozlar operatorlar bilan suhbatlaşgan çat-platformalardan ma’lumot yiğamiz va ML-modellar yordamida trendlarni aniqlaymiz: mijozlarni qaysi mavzular köproq qiziqtirmoqda, qaysi xizmatlar böyiça savollar tuğilmoqda, qayerda muammolar bor. Bu foydalanuvçilarning sörovlariga tezkorlik bilan javob beriş va servislar sifatini yaxşilaş imkonini beradi.
Öz tajribamiz orqali nimalarni bildik?
Raqobatbardoş ustunlik beruvçi narsalarni yarating. Asosiy narsalar — baholaş tizimlari, mikroservislar, çat-botlarni özimiz işlab çiqamiz. Bu orqali mahalliy bozorga moslaşa olamiz va taşqi ta’minotçilarga qaram bölmaymiz.
E’tiborni nafaqat modelga, balki ma’lumotlarga ham qaratiş. Ma’lumotlarni tozalaş, jarayonlarni sozlaş va monitoring murakkab algoritmlarga suyanib qolişdan köra yaxşiroq natijalar beradi.
Biz uçun sun’iy intellekt — odamlarning örnini bosuvçi emas, balki bankni mijozga yaqinlaştiruvçi vosita. Biz texnologiyalarni bank bilan muloqot qiliş xuddi odam bilan suhbatlaşgandek tabiiy bölişi uçun yaratamiz.
Agar siz işlab çiqarişdagi ML, mikroservislar yoki özbek tilidagi öz AI-assistentingizni yaratiş mavzusiga çuqurroq kirişni istasangiz, izohlarda savol bering. Umid qilamizki, bizning tajribamiz siz uçun foydali böladi.