Ta’kidlanişiça, gap TSAHALning sobiq razvedka boşliği Aaron Xaliva, operativ boşqarma sobiq rahbari Oded Basyuk va öşa paytda janubiy harbiy okrug uçun javobgar bölgan general-mayor Yaron Finkelman haqida ketmoqda. Finkelman va Xaliva 2025 yil yanvar oyidayoq 7 oktyabrda yöl qöyilgan xato va kamçiliklar sababli iste’foga çiqqan edi. Basyuk esa iyun oyida Isroil va Eron örtasidagi uruşdan söng lavozimini tark etgan. Bundan taşqari, ayni qarorga köra, Isroil harbiy-havo kuçlari boşliği Tomer Barga nisbatan ham intizomiy çoralar körilgan. Yana töqqiz general va yuqori lavozimdagi ofitserlar ham javobgarlikka tortilgani aytilgan.

TSAHAL Boş ştabi rahbari lavozimini 2023 yil yanvaridan egallagan Gersi Halevi armiyaning 7 oktyabrdagi omadsizligi uçun şaxsiy javobgarlikni his qilganini bayon qilib, mart oyida lavozimini tark etdi. Uning örnini egallagan Eyal Zamir esa bu kamçiliklar uçun javobgar bölgan qömondonlar faoliyatini alohida-alohida baholaş va qayta tekşirişni buyurdi.

Yuqori martabali isroillik harbiylarning işdan böşatilişi va jazolanişi noyabr boşida armiyaning HAMAS hujumi arafasidagi harakatlariga bağişlangan ekspertlar hisoboti e’lon qilinganidan söng yuz berdi. Uşbu hisobotda yillar davomida qabul qilingan notöğri qarorlar, jumladan 7 oktyabr keçasi qöşinlarni joylaştiriş böyiça xatoliklar qattiq tanqid qilingan, şuningdek TSAHAL qömondonlik zanjiridagi buzilişlar qoralangan.

Xisobotda, xususan, “strategik va operativ reallik” bilan armiyaning Ğazo sektoridagi vaziyat hamda HAMAS jangçilaridan kelib çiqqan ehtimoliy xatarni “qabul qilişi (tasavvuri)” örtasida “uziliş” bölgani ta’kidlanadi: Isroil harbiy razvedkasi işonçli ma’lumotlarga ega bölganiga qaramay, yirik hujum haqida öz vaqtida ogohlantirişga qodir bölmagan. Işdan olişlardan oldin esa Boş ştab boşliğining Isroil fuqarolariga yöllagan murojaati e’lon qilingan edi.

Şu bilan birga, 24 noyabr kuni mamlakat mudofaa vaziri Israel Kats ekspertlar hisoboti “atrofliça tekşirilişi”ni e’lon qildi. Isroil OAV ma’lumotlariga köra, u generallar va ofitserlarni işdan oliş hamda jazolaş haqidagi qarorni matbuot orqali bilgan va bunga qattiq ğazab bilan munosabat bildirgan. Öz navbatida Zamir Katsning bayonotlaridan hayratda ekanini aytdi. “Hisobotni şubha ostiga qöyiş haqidagi qaror tuşunarsizlik uyğotadi”, — deya qayd etilgan uning bayonotida. AFP agentligi ta’kidlaşiça, 2023 yil 7 oktyabr bilan boğliq voqealarni “tizimli ravişda tekşiriş”ni talab qilganidan keyin Kats va Zamir örtasidagi munosabatlar ayniqsa taranglaşgan.