Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonning ASEAN do‘stlik va hamkorlik shartnomasiga qo‘shilish arizasi ma’qullandi
Malayziyada bo‘lib o‘tgan ASEAN tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida O‘zbekistonning Janubi–Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik shartnomasiga qo‘shilish bo‘yicha arizasi ma’qullandi. Bu qadam mamlakat uchun Janubi-Sharqiy Osiyo bozorida yangi imkoniyatlarni ochishi kutilmoqda.
Foto: RIA Novosti / Pavel Lisitsyn
Malayziyada o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekistonning Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi (ASEAN)ning Janubi–Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik shartnomasiga qo‘shilish bo‘yicha arizasi ma’qullandi, deb xabar qilmoqda «Dunyo» AA.
Qayd etilishicha, davlat rahbari tomonidan O‘zbekistonning mazkur shartnomaga qo‘shilishi tashabbusi ilgari surilgan edi. Qariyb bir yillik tayyorgarlik jarayonlari va muzokaralardan so‘ng, Kuala-Lumpur shahrida Malayziya raisligida bo‘lib o‘tgan ASEAN tashqi ishlar vazirlarining yig‘ilishida tashkilotga a’zo barcha davlatlar O‘zbekistonning shartnomaga qo‘shilish bo‘yicha arizasini ma’qulladi.
Janubi-Sharqiy Osiyoda do‘stlik va hamkorlik shartnomasi 1976 yil 24 fevralida Indoneziyaning Bali shahrida imzolangan bo‘lib, ASEAN mintaqasidagi o‘zaro hamkorlikning asosiy tamoyillarini belgilab beruvchi muhim hujjat sifatida e’tirof etilgan.
ASEAN mintaqasi Janubi-Sharqiy Osiyoning 11 davlatini o‘z ichiga olgan bo‘lib, qariyb 700 million nafar aholiga ega yirik bozor hisoblanadi. O‘zbekistonning mazkur shartnomaga qo‘shilishi mamlakat uchun ushbu mintaqa bilan yangi darajada hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, davlatlararo (G2G) aloqalarni rivojlantirish, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy munosabatlarni yanada faollashtirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Shuningdek, bu qadam yirik xorijiy korxonalarning O‘zbekistonga bo‘lgan ishonchini yanada oshirib, qo‘shma loyihalar soni ortishiga zamin yaratishi ta’kidlanmoqda.
Mavzuga oid
23:08 / 03.12.2025
Malayziya MH370 reysi yo‘qolganidan 10 yil o‘tib, uni qidiruv ishlarini yana davom ettiradi
21:27 / 01.12.2025
Janubi-Sharqiy Osiyoda halokatli toshqinlar bo‘lmoqda – fotosuratlar
19:20 / 30.11.2025
Indoneziyada suv toshqinlari oqibatida 440 dan oshiq kishi halok bo‘ldi
18:29 / 24.11.2025