Prezidentning “Sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligi va ochiqligini oshirish hamda sud mustaqilligi kafolatlarini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Hujjat bilan sudyalarni tayinlash (saylash)ga oid amaldagi tartibga biroz o‘zgatirishlar kiritilmoqda.

Farmon bilan quyidagilar sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini ta’minlash, sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatining samaradorligini oshirishning ustuvor maqsadlari etib belgilanmoqda:

  • sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida sudyalarning o‘zini o‘zi boshqarish tamoyilini va sud mustaqilligiga oid ilg‘or xalqaro standartlar keng joriy etilishini ta’minlash;
  • sudyalar korpusini shakllantirish tartibini takomillashtirish, ushbu jarayonda sudyalar hamjamiyati organlari rolini oshirish va ularning mas’uliyat doirasini aniq belgilash;
  • sudyalar hamjamiyati organlari faoliyatida ochiqlikni ta’minlash, sudyalikka nomzodlarni tanlashning shaffof tartibini joriy etish;
  • sud tizimida ayol sudyalar ulushini kamida 30 foizga yetkazish orqali tizimda gender tenglikni ta’minlash.

Farmonga ko‘ra, sudyalarni navbatdagi o‘n yillik muddatga tayinlash (saylash) tartibi bekor qilinib, sudyalik lavozimlariga nomzodlarni dastlab besh yil muddatga, keyinchalik muddatsiz davrga tayinlash (saylash) tartibini belgilanadi. Tumanlararo, tuman, shahar sudlari raislari va ularning o‘rinbosarlari lavozimlariga nomzodlarni aniq mezonlarga ko‘ra sudyalar orasida ochiq tanlov asosida tanlash tartibi o‘rnatiladi. Shuningdek, sudyaning kasbiy faoliyatini baholashda “halollik”, “kasbiy layoqatlilik” va “odob qoidalariga rioya etish” talablarining aniq mezonlari qonun darajasida belgilanadi.

Sudyalar oliy kengashining doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga nomzodlar tegishli sud sudyalari malaka hay’atlari tomonidan tavsiya etilishi belgilanmoqda. Bunda kengashning doimiy asosda faoliyat yurituvchi sudyalari lavozimiga, qoida tariqasida, sudya sifatida kamida 7 yil ishlagan sudyalar nomzodi ko‘rsatilishi mumkin.

Farmonga ko‘ra, Sudyalar oliy kengashining sudyalik lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha xulosalar quyidagi sudyalar hamjamiyati organlari tomonidan taqdim etilishini nazarda tutuvchi tartib qonunchilikka kiritiladi:

  • sudyalar malaka hay’atlari – harbiy sudlar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar ma’muriy sudlarining sudyalari, hududiy harbiy sudlarning, tumanlararo, tuman, shahar sudlarining raislari, rais o‘rinbosarlari va sudyalari lavozimlariga nomzodlar bo‘yicha;