Yangi qonun bilan Bojxona kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritildi. Unga köra, boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari tovarni jönatuvçi yoki eksport qiluvçi mamlakatdan qat’i nazar, Özbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng köp qulaylik beriş rejimini qöllayotgan mamlakatlarda işlab çiqarilgan tovarlarga nisbatan qöllaniladi.

Şu bilan birga, savdo-iqtisodiy munosabatlarda eңg köp qulaylik beriş rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda işlab çiqarilgan yoki işlab çiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan taşqari qöşimça bojxona boji undiriladi. Uning miqdori quyidagiça belgilab qöyildi:

bojxona bojining advalor stavkasi 10 foizgaça bölgan tovarlarga – 5 foiz qöşimça boj;
advalor stavkasi 10 foizdan 20 foizgaça bölgan tovarlarga – 10 foiz qöşimça boj;
advalor stavkasi 20 foizdan 30 foizgaça bölgan tovarlarga – 15 foiz qöşimça boj;
advalor stavkasi 30 foiz va undan yuqori bölgan tovarlarga – 20 foiz qöşimça boj.

Qonunda belgilanişiça, uşbu tartiblar qonun rasmiy e’lon qilingan kunda e’tiboran 3 oy ötgaç amalga kiritiladi.