Serjio Gor yoki Sergey Goroxovskiy. Oq uyning kadrlar böyiça direktori, Trampning Markaziy va Janubiy Osiyo böyiça maxsus vakili va endilikda AQŞning Hindistondagi elçisi ham bölgan asli toşkentlik yahudiy siyosiy figura. U 38 yoşidayoq Oq uygaça kelolgan Trampga sodiq amaldor. Xöş, bu natijaga erişgunça asli ismi Sergey bölgan Serjio qanday yöldan yurdi?
Amerikada “Özbekistonning odami”
Özbekistondagi Amerika elçixonasiga köra, Serjio Gor endilikda AQŞ-Özbekiston işbilarmonlik va investitsiya kengaşiga ham rahbarlik qiladi. Aynan Toşkentda tuğilgan Sergey bugun AQŞ hukumatidagi Özbekistonga eng yaqin bölgan odam, deb bemalol aytsa böladi.
Bir paytlar toşkentlik bölgan yahudiy muhojir Serjio bugun AQŞning bu mintaqa böyiça siyosatida asosiy odamlardan biriga aylandi. Bugun 38 yoşda bölgan Serjio Toşkentda tuğilib, ota-onasi bilan Maltaga köçgaç, Kospikua port şaharçasida katta böla boşlaydi. U Maltaga borganida 8 yoş, oilasi AQŞga köçganida esa 13 yoşda edi. Isroil fuqarosi bölgan Serjioning onasi Maltada biznes bilan şuğullangan, 1999 yilda esa ular Los-Anjyelesga köçişga qaror qilişadi. AQŞga borganida ham Sergey Goroxovskiy bölgan yigitça matbuot va siyosiy kayfiyatni tuşuna boşlagaç ismini Serjio Gorga aylantirib oladi.
Jorj Vaşington universitetiga qabul qilinganida Serjio allaqaçon konservativ ğoyalar tarafdoriga aylangan edi. Kollej davridanoq u respublikaçilar tomonida böldi va talabalardan iborat “Yoş Amerika jamğarmasi”ni tuzişga urindi.
2008 yilgi prezident saylovlarida esa Gor Obamani qoralaş kampaniyasi bir qismiga aylandi. Xususan, öşa paytda oğizga tuşgan Obamaning kam daromadli oilalar huquqlari va ijtimoiy adolat masalalari bilan şuğullanuvçi nodavlat faollik taşkiloti bilan aloqalarini börttirişga harakat qildi. Ya’ni Obamaning saylovoldi kampaniyasi pullaridan bu taşkilotga 800 ming AQŞ dollari ötkazilgandi. Bu katta summa aslida firibgarlik uçun işlatilganini gapiruvçi tanqidçilar qatorida 22 yoşli Serjio Gor ham bor edi.
Yahudiy muhojirning bu qadamlari bekorga emas, balki tezroq közga taşlanib, amaldorga aylaniş maqsadlari röyobi uçun edi.
Kapitoliydagi matbuotçilik yillari
Öqişni tugatganidan söng Gor kampus faolligidan Kapitoliyga ötdi, ya’ni Amerika parlamentiga. Ayova ştatidan Stiv King va Minnesota ştatidan Mişel Baxman respublikaçi kongressmenlarning sözlovçisi sifatida işlay boşladi. Bu davrda Obama bilan mafkuraviy qarama-qarşilikda Serjio Gor asosiy xizmatçilardan böldi.











