Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
2030 yilgacha 17 ming MVtdan ortiq «yashil» energiya quvvatlari ishga tushiriladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energiyasiga oshib borayotgan ehtiyojni qoplash maqsadida 2030 yilgacha qo‘shimcha 17 ming megavattdan ortiq qayta tiklanuvchi energiya quvvatlarini ishga tushirish O‘zbekiston uchun ustuvor vazifa ekanini ta’kidladi.
Davlat rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ushbu loyihalar amalga oshirilsa, «yashil» energiyaning jami generatsiyadagi ulushi 54 foizga yetkaziladi. Bu nafaqat milliy energetika xavfsizligini mustahkamlaydi, balki tabiat muhofazasi va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishda ham muhim omil bo‘ladi.
Ma’lum qilinishicha, bugunning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida umumiy quvvati 3,5 ming megavatt bo‘lgan, qiymati 3 milliard 300 million dollarga teng “yashil” energetika loyihalariga start berilmoqda. Prezident buni belgilangan maqsad sari tashlangan katta amaliy qadam sifatida baholadi.
Yangi quvvatlarni yagona energetika tizimiga bog‘lash uchun yuqori kuchlanishli 6 ming kilometr elektr tarmoqlari tortiladi.
Xususan, kelgusi yilning o‘zida 1 ming kilometr yuqori kuchlanishli tarmoqlar barpo etiladi, podstansiyalarda 6 ming megavatt qo‘shimcha quvvatlar yaratiladi.
Prezident ta’kidlaganidek, bu ishlar yangi qurilayotgan quyosh, shamol va gidroelektr stansiyalarini tizimga barqaror ulash, istiqbolda ortib boradigan sanoat va aholi iste’molini ishonchli va uzluksiz energiya bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:49 / 13.04.2026
2026 yilning I choragida O‘zbekistonda «yashil» energiya ishlab chiqarish 40 foizga oshdi
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026