AQŞ prezidenti Donald Tramp Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA, FIFA)ning yangi Tinçlik mukofoti bilan taqdirlandi. Uşbu taqdirlaş marosimi jahon çempionati-2026 qur’asining tantanali tadbiri doirasida 5 dekabr, juma kuni keçqurun Vaşingtonda bölib ötdi.

Marosim çoğida Trampga mukofot sifatida bir neçta qöllar uşlab turgan oltin globus, şuningdek, oltin medal va sertifikat topşirildi. Infantinoning ta’kidlaşiça, AQŞ prezidenti “butun dunyoda tinçlik uçun mustahkam sadoqat namoyon etgan”. Oq uy rahbarining özi buni “hayotimdagi eng uluğ taqdirlaşlardan biri” deb atadi. U, şuningdek, “Kongoda millionlab insonlar hayotini saqlab qolgani va köplab boşqa davlatlarda uruşlarga barham bergani yoki ularning oldini olgani”ni ta’kidladi.

Infantino bu Tinçlik mukofotini atigi bir oy avval ta’sis etgani qayd etiladi, deya yozadi SID agentligi. FIFA saytida ta’kidlanişiça, bu Tinçlik mukofoti doimiy ravişda berib boriladi va “butun dunyo böylab odamlarni birlaştirib, tinçlik yölida noyob va favqulodda işlar qilgan şaxslarga” nasib etadi. Mukofotni ta’sis etiş haqidagi qaror taşkilotning boşqaruv organi — FIFA kengaşi roziligisiz qabul qilingan bölib, kengaş a’zolari uçun bu kutilmagan hol bölgan.

Bundan avval Janni Infantino özining “dösti” Donald Trampni Nobel Tinçlik mukofotiga ilgari surgan, ammo muvaffaqiyatga erişmagandi. Uning yozişiça, AQŞ prezidenti bu mukofotga Isroil va Ğazo sektori örtasidagi otaşkesim jarayonida körsatgan “hal qiluvçi harakatlari” uçun loyiq. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida yozgan edi.

Tramp Nobel Tinçlik mukofotiga da’vogarlik qilgan, ammo oktyabr oyida nomzodlar röyxatiga kiritilmagan. Mukofot venesuelalik demokrat faol Mariya Korina Maçadoga berildi. Natijalar e’lon qilinganidan keyin Oq uy Nobel qömitasini “tinçlikni emas, partiyaviy siyosatni ustun qöyganlikda” aybladi.

Iyul oyida Infantino AQŞ prezidentiga AQŞda bölib ötgan futbol böyiça klublar örtasidagi jahon çempionatining haqiqiy asosiy kubogini sovğa qilgan, şu paytda turnir ğolibi — Londonning “Çelsi” klubi esa keyinçalik uning nusxasini qabul qilgan edi. “Biroz hayajonli vaziyat böldi, lekin hozir kubok Oval kabinetda turibdi”, — degan edi öşanda Tramp kubok haqida.

13 iyul kuni Nyu-Jyersidagi “Met Layf” stadionida ötkazilgan kubok finalida “Çelsi” “Pari Sen-Jyermen”ni 3:0 hisobida mağlub etganidan keyin taqdirlaş marosimida Donald Tramp maydonga tuşib keldi, ungaça u öyinni tribunalardan tomoşa qilgandi. Biroq sovrinlar topşirilib bölinganidan keyin ham AQŞ prezidenti futbolçilarni tark etmadi, balki ular bilan ğalaba fotosessiyasida qolişga qaror qildi.