Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevropadagi ittifoqchilarini AQSh NATO doirasida xavfsizlikka asosiy kafil bo‘lmasligi haqida ogohlantirganiga qaramasdan, harbiy qo‘llab-quvvatlov davom etadi.
AQSh Ukrainaga aksariyat G‘arb mamlakatlarida 25 dekabrda nishonlanadigan Rojdestvo bayramigacha ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi, deb yozadi Kyiv Post o‘z manbalariga tayanib.
“Ukrainani qo‘llab-quvvatlash saqlanib qoladi, lekin Yevropa Qo‘shma Shtatlar bundan buyon avtomatik ravishda birinchi bo‘lib javob bermaydigan NATOga tayyor turishi kerak”, — degan nashr suhbatdoshlaridan biri.
Manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Vashington Yevropadagi ittifoqchilarini AQSh NATO doirasida xavfsizlikka asosiy kafil bo‘lmasligi haqida ogohlantirganiga qaramasdan, harbiy qo‘llab-quvvatlov davom etadi.
Dekabr boshida Oq uy AQSh Ukrainaga “tinimsiz” chek berishni to‘xtatgani va faqat NATO orqali qurol yetkazib berish sxemasini saqlab qolganini ma’lum qilgandi.
Tramp yozda Ukrainaga qurol yetkazishning yangi sxemasi haqida e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, AQSh Ukraina uchun qurollarni Yevropa mamlakatlari hisobidan NATOga sotadi va harbiy blok bu qurollarni Ukrainaga jo‘natadi.
Mavzuga oid
10:56
O‘zbekistonlik haydovchi Amerikada oqibati o‘lim bilan tugagan YTH sodir etdi
08:56
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
08:50
Janubiy Koreya va AQShga noqonuniy migratsiya tashkil etmoqchi bo‘lganlar ushlandi
22:16 / 10.07.2026