Germaniya yaqin kelajakda Falastin davlatini tan olmaydi, dedi GFR kansleri Fridrix Mers Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan birgalikda ötkazgan matbuot anjumanida.

Germaniya hukumati rahbarining qayd etişiça, avvalo tinçlik rejasini qadamba qadam amalga oşiriş muhim hisoblanadi. 

"Oxiri nima bölişini heç kim bilmaydi. Şunday ekan, GFR hukumati Yevropaning boşqa davlatlaridan farqli ölaroq, Falastin davlatini tan olişdan voz keçdi. Yaqin kelajakda ham tan olmaymiz", - dedi Mers. 

Uning sözlariga köra, hozirça Falastin davlatini taşkil etiş uçun "şaroit yöq".

22 sentabr kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron BMT Boş Assambleyasining oçiliş majlisida mustaqil Falastin davlatini tan olganini e’lon qildi. Undan bir kun oldin xuddi şu haqda Buyuk Britaniya, Kanada, Avstraliya va Portugaliya ham ma’lum qilgan edi. Umuman olganda, 22 sentabr holatiga köra, BMTning 153 a’zo davlati, şuningdek, Vatikan Falastin mustaqilligini tan olişi qayd etilgan.