Ukrainaga Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşida tinçlikka erişişga qaratilgan AQŞning sönggi taklifi “yoqadi”, ammo mamlakat prezidenti Volodimir Zelenskiy hali u bilan tanişib çiqmagan. Bu haqda AQŞ prezidenti Donald Tramp 7 dekabr, yakşanba kuni Vaşingtonda Kennedi markazi mukofotlarini topşiriş marosimi doirasida jurnalistlar savollariga javob berar ekan ma’lum qildi.

“Ötgan haftadagi muzokaralardan keyin biz prezident (RF prezidenti Vladimir — tahr.) Putin bilan ham, Ukraina rahbarlari, jumladan prezident (Ukraina prezidenti Volodimir — tahr.) Zelenskiy bilan ham gaplaşdik. Va aytişim kerakki, prezident Zelenskiy hali (sönggi tinçlik — tahr.) taklifini öqib çiqmaganidan biroz ranjiganman, bu — bir neça soat oldingi holat”, — dedi Tramp. Jurnalistlar bilan muloqotni aks ettiruvçi videorolik Oq uyning YouTube-kanalida e’lon qilindi.

“Uning odamlariga (Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning atrofidagilarga — tahr.) bu (tinçlik taklifi — tahr.) juda yoqyapti, lekin u uni öqimagan. Rossiya unga rozi. Bilasizmi, agar öylab körsak, Rossiya butun mamlakatni qölga kiritişni ma’qul körardi. Lekin, Rossiya (bu rejaga) rozi. Biroq Zelenskiy unga rozimi-yöqmi, şu borada işonçim komil emas”, — deya qöşimça qildi Tramp. U “uning odamlari” deganda Zelenskiy delegatsiyasini nazarda tutyaptimi yoki Ukraina xalqinimi, buni aniqlaştirmadi.

Bu orada Volodimir Zelenskiy 7 dekabr kuni keçqurun özining Telegram-kanalida AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiven Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan ötgan telefon suhbati haqida sözlab berdi. “Amerika elçilari Ukrainaning asosiy pozitsiyalarini yaxşi biladi va suhbat konstruktiv böldi, ammo oson keçmadi”, — deya ta’kidladi Ukraina rahbari.

Zelenskiyning aytişiça, Mayamidagi muzokaralarda Ukraina delegatsiyasini ifodalagan Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Rustem Umerov va Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği Andrey Gnatov uni natijalar haqida ma’lumot bilan taniştiradi, şundan söng u Bryussel va Londondagi uçraşuvlarda Yevropa yetakçilari bilan gaplaşişni rejalaştirgan.

Bundan avval, 6 dekabr kuni, AQŞ prezidentining Ukraina böyiça maxsus vakili Kit Kellog Ukrainadagi uruşni töxtatiş böyiça kelişuv “çindan ham imzolanişiga juda yaqin” ekanini aytgan, uning taqdiri esa ikki asosiy masalani hal etişga boğliqligini ta’kidlagan: Donbassning kelajagi va Zaporijjya atom elektrostansiyasi (ZAES). “Agar şu ikki masalani hal qila olsak, qolgan hamma narsa nisbatan oson hal böladi, deb öylayman”, — degan edi Kellog.