Farmonga ko‘ra, davlat organlarida kadrlar zaxirasini yuritish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi yangi tartib amalda bo‘ladi:
🔹 Davlat organlari tomonidan:
- Milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan lavozimlar uchun nomzodlar ro‘yxati davlat organlarining o‘zi tomonidan mustaqil shakllantiriladi;
- saralashdan o‘tgan nomzodlarning shaxsiy rivojlanish rejasi bajarilishi zaxira.bsa.uz elektron platformasi orqali doimiy monitoring qilinadi.
🔹 Salohiyatli kadrlar zaxirasiga tanlash:
Salohiyatli kadrlar zaxirasiga nomzodlar mahallada faoliyat yuritayotgan quyidagi lavozim va toifalar vakillari orasidan saralab olinadi:
- mahalla raisi;
- hokim yordamchisi;
- xotin-qizlar faoli;
- yoshlar yetakchisi;
- ijtimoiy xodim;
- soliq inspektori.
Ular tuman (shahar) hokimlarining xulosasi asosida maxsus ishchi guruh tomonidan saralanadi.
🔹 Agentlik tomonidan:
- davlat fuqarolik xizmatining boshqaruv va siyosiy lavozim guruhlari uchun kadrlar zaxirasi Agentlik tomonidan mustaqil ravishda shakllantiriladi;
- davlat organlarida samarali xizmat qilayotgan, biroq turli sabablarga ko‘ra rahbarlari tomonidan tavsiya etilmagan salohiyatli xodimlar mustaqil aniqlanadi va baholanadi, shu orqali ularni Milliy kadrlar zaxirasiga kiritish choralari ko‘riladi.
Yangi tartib davlat xizmatida salohiyatli kadrlarni aniqlash, ularni qo‘llab-quvvatlash va mansab o‘sishi uchun teng imkoniyat yaratish, shuningdek, kadrlar siyosatida shaffoflik va adolatni ta’minlashga qaratilgan.














