Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK rahbari: Putin qanchalik uzoq urishsa, Rossiya uchun xarajatlar shunchalik oshib boradi
«Ko‘ngillilar koalitsiyasi» uchrashuvida Ursula fon der Lyayyen YeI uchun ikki ustuvor yo‘nalishni qayd etdi - Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropaning mudofaa salohiyatini oshirish.
Rossiya agressiyasidan o‘zini himoya qilayotgan Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropaning mudofaa salohiyatini oshirish «ko‘ngillilar koalitsiyasi» uchun ikki asosiy ustuvor yo‘nalish hisoblanadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi (YeK) raisi Ursula fon der Lyayyen dushanba, 8 dekabr kuni bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u ana shu ustuvor maqsadlar haqida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyni va Ukrainaga hamkor davlatlar rahbarlarini xabardor qilgan.
Fon der Lyayyen aytganidek, «ko‘ngillilar koalitsiyasi» uchrashuvi dushanba kuni «kunning ikkinchi yarmida» bo‘lib o‘tgan. Ehtimol, Londonda Zelenskiyning Buyuk Britaniya bosh vaziri Kir Starmer, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va Germaniya kansleri Fridrix Mers bilan uchrashuvlaridan keyin videokonferensiya formatida o‘tkazilgan.
Fon der Lyayyen ta’kidlashicha, Yevropa yetakchilari «o‘rtaga nima tikilganini» ham, «endi ortga surish uchun vaqt qolmaganini» ham yaxshi anglab turganini aytib o‘tdi. «Ittifoqdoshlarimiz bilan birgalikda Yevropaning Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun zarur imkoniyatlari ham, xohishi ham bor — shunda u muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur bo‘ladi», — dedi YeK rahbari.
Fon der Lyayyen so‘zlariga ko‘ra, YeKning Ukrainaga «reparatsion kredit» berish to‘g‘risidagi taklifi «aslida Rossiya uchun urushning qiymatini oshiradi», garchi «murakkab mexanizm» bo‘lsa-da.
«Taklif muzlatilgan (harakatlanishi cheklangan) Rossiya aktivlaridan hosil bo‘ladigan naqd pul qoldiqlari asosida ishlaydi. Mana shu qoldiqlar reparatsiyalar uchun foydalaniladi. Shu bois Putin o‘z urushini qanchalik uzoq davom ettirsa, Ukraina infratuzilmasini vayron qilsa, Rossiya uchun xarajatlar shunchalik yuqori bo‘ladi», — dedi YeK rahbari.
U, shuningdek, Yevropadagi o‘zaro aloqalar «har qachongidan ham mustahkam» ekanini qo‘shimcha qildi va ittifoqdoshlar «Ukrainani qo‘llab-quvvatlash va Yevropani himoya qilishda bir tan, bir jon bo‘lib harakat qilishini» ta’kidladi.
Mavzuga oid
10:40
YeI va Kreml o‘rtasida norasmiy aloqalar bo‘lgani xabar qilindi
08:45
G7 bayonotidan so‘ng Kiyev yana hujumga uchradi
08:29
Putinga yaqin deb hisoblangan biznesmen qamoqqa olindi
22:32 / 17.06.2026