Roppa-rosa bir yil muqaddam Başar Asad Suriyadan Moskvaga, Vladimir Putinning oldiga qoçgan, Rossiya esa Yaqin Şarqdagi muhim ittifoqçisidan ayrilgandi. Asadlar sulolasi hokimiyatda yarim asrdan uzoqroq vaqt qoldi. Endi esa mamlakatni bir yil oldin ham terrorçi hisoblangan Ahmad aş-Şar’a boşqarmoqda.

Suriya 12 oy içida nimalar özgardi va bundan keyin nimani kutiş mumkin?

Suriya muvaqqat prezidenti tezlik bilan xalqaro maydonga çiqib bordi, Donald Tramp bilan ikki marta uçraşdi, Kreml va Oq uyda mehmon böldi, Yevropa va arab davlatlari qöllab-quvvatloviga erişdi, BMT Boş Assambleyasida nutq sözladi.

Uning taşqi siyosatdagi muvaffaqiyatlarini möjiza deb ataşmoqda, u terrorçi tamğasidan xalos böldi, Ğarbdagilar u bilan qöl berib körişdan tortinmayapti va Suriyadan sanksiyalarni olib taşlanişiga oz qoldi – 13 yillik uruşdan keyin özini önglay olişi uçun uning mamlakatiga xorijdan pullar oqimi juda zarur.

Ammo Suriya içkarisida yutuqlardan köra muammolar köproq. Uruğ-aymoqçilik, etnik yoki konfessional asosdagi qotilliklar, sudsiz qatllar, odam öğirlaş va sobiq tuzum davridagi qotilliklar uçun aybdorlarni sudga tortişga urinişlar.

Parçalangan mamlakat

Köplab şahar va tumanlar vayronaga aylangan
Anadolu via Getty Images

Aş-Şar’a Asaddan xaroba holatdagi, davlat institutlari yöq qilingan va aholisi qaşşoqlarga aylangan mamlakatni meros qilib oldi.

U hozir ham mamlakat hududining uçdan bir qismini nazorat qilmaydi: şimoli-şarqdagi hududlar kurd kuçlari, janub – druzlar ta’sirida, şimolda turkparast tuzilmalar örnaşgan, şuningdek, köplab qişloqlar mahalliy qabila qömondonlari hukmronligi ostida.

Turkiya Damaşqni öz ta’siriga oliş uçun Qatar va Saudiya Arabistoni bilan bahslaşmoqda, Isroil Suriya janubida operatsiyalar ötkazmoqda va aş-Şar’ani Jölan tepaliklaridan voz keçişni nazarda tutuvçi tinçlik kelişuviga majburlamoqda. Suriyaning ötmişdagi asosiy ittifoqçisi bölgan Rossiya ham Damaşqdagi ta’sirini yöqotişni istamaydi, ammo Moskvaga qoçib ketgan Asadni yangi hokimiyatga topşirişga rozi emas.